Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Robert Levandovski: «Takroriy g‘alaba ko‘p narsani anglatadi, albatta»

Robert Levandovski: «Takroriy g‘alaba ko‘p narsani anglatadi, albatta»

Baho:
+1 | -

Polsha milliy ja-moa­si va «Bavariya» klubi hujumchisi Robert Levandovski yana bir bora FIFA talqini bo‘yicha jahonning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi. Alohida ta’kidlash kerak, Levagol bu bilan 2020 yilgi maqomini saqlab qoldi. The Best FIFA Football Awards sovrinining 6 yillik tarixiga nazar tashlasak, Robertgacha faqat portugaliyalik Krishtianu Ronaldu ketma-ket 2 marta (2016 va 2017 yillarda) laureat bo‘lgandi.

- Robert, qatorasiga ikkinchi yil dunyoning eng yaxshi futbolchisi maqomini oldingiz. Qaysi g‘alaba ko‘proq hissiyot uyg‘otganini ayta olasizmi?

- Dabdurustdan javob berishim qiyin. Har ikki holat ham aql bovar qilmas tuyg‘ular bag‘ishlagani - ayni haqiqat. To‘g‘ri, har narsaning birinchisi ahamiyatliroq, lekin qatorasiga ikkinchi marta g‘alaba qozonish shaxsan men uchun ko‘p narsani anglatadi. O‘ylaymanki, so‘nggi yillarda faoliyatim va harakatim to‘g‘ri yo‘nalishda rivojlandi. Individual mukofot olish hamisha yoqimli, baribir. Zero, menga berilgan sovrin jamoamniki ham. Oddiy aytganda, mening yutug‘im - jamoamniki. Bundan faxrlanaman, albatta. Birinchi nav­batda, barcha klubdoshlarimga rahmat aytishim kerak. Chunki muvaffaqiyatimda ularning o‘rni beqiyos. Shuningdek, so‘rovda menga ovoz bergan barcha-barchadan minnatdorman, yana butun dunyodagi muxlislarga ham salom yo‘llashim joiz. Axir hammasi aynan muxlislar uchun. Shunday ekan, bu sovrinni ham ularga bag‘ishlayman.

- Mana, Bundesligada Gerd Myullerning 1972 yildan buyon saqlanib kelgan rekordini ham yangiladingiz...

- Gerdning o‘zi bunga guvoh bo‘lmaganidan afsusdaman. Ochig‘i, uning aql bovar qilmas rekordini yangilash mumkinligini xayolimga ham keltirmagandim. «Augsburg»ga qarshi kechgan o‘yinning so‘nggi daqiqasida urilgan o‘sha 41-gol lahzasi xuddi Gollivud filmlaridagidek bo‘ldi. Yashirmayman, o‘zimni jahon futbolining shunday ulkan afsonasi bilan taqqoslashim juda muhim. Tabiiyki, Myullerning natijasi menga maqsad va motivasiya berdi. Umuman, bunday rekordlardan faqat faxr­lanish kerak.

- 2022 yil taqvimidagi vazifalaringiz qatorida Qatar-2022 mundialiga yo‘l olish ham bor. Xo‘sh, Polsha milliy jamoasi JCHda ishtirok etish huquqini qo‘lga kirita oladimi? «Pley-off» o‘yinlari oson emas, to‘g‘rimi?

- Albatta, oson bo‘lmaydi, lekin biz «pley-off» bos­qichi sinovlariga tayyormiz. O‘ylaymanki, jamoamiz yaxshi holatda. To‘g‘ri, raqib ham ajoyib o‘yinchilarga ega. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, maqsad o‘zgarmaydi - jahon chempionatida qatnashishimiz shart. Demak, o‘z salohiyatimizga ishongan holda, yaxshi tayyorgarlik ko‘ramiz. Umid qilamanki, «pley-off» bahs­lariga eng yuqori darajada tayyor bo‘laman va borimni beraman.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 20:30, 25.01.2022.
O'qildi: 1860 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик