Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

“Navbahor” Catapult bilan hamkorlik qiladi

“Navbahor” Catapult bilan hamkorlik qiladi

Baho:
+ | -

Ma’lumki, 2022 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi tomonidan o‘tkaziladigan Musobaqalar Reglamentining 8.13.-bandida Superliga klublari O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan barcha musobaqalarda futbolchilarning funksional holatini masofadan turib monitoring qilish imkonini beruvchi moslamadan foydalanishi hamda bu boradagi hisobotni O‘FA texnik boshqarmasining ilmiy-uslubiy guruhiga taqdim etishi shartligi belgilangan.

Shu munosabat bilan, “Navbahor” PFK 2022 yilgi mavsum oldidan sport natijalari tahlili bilan shug‘ullanuvchi Catapult kompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatdi. 137 mamlakatga sportchilarning funksional holatini masofadan turib kuzatish texnologiyalarini yetkazib beradigan ushbu Yevropa  kompaniyasi mahsulotlaridan endilikda “Navbahor” jamoasida ham samarali foydalanish rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, mashg‘ulotlar va futbol uchrashuvlari davomida har bir futbolchining egnidagi nimchalarga Catapult taqdim etgan qurilma o‘rnatilib, uning yordamida murabbiylar shogirdlarining funksional holati, chidamlilik darajasi, kuch sarfi, bosib o‘tayotgan masofasi hamda boshqa muhim ma’lumotlarga ega bo‘lib borishadi.

Manba: "Навбахор" матбуот хизмати
Kiritildi: 15:21, 27.01.2022.
O'qildi: 1378 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик