Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Humoyun Bekmurodov FIDE sport ustasi unvonini qo‘lga kiritdi

Humoyun Bekmurodov FIDE sport ustasi unvonini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Mamlakatimizning yosh va iqtidorli shaxmatchilaridan biri, xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan Humoyun Bekmurodov yangi darajaga ko‘tarildi, u FIDE sport ustasi unvoniga sazovor bo‘ldi.

Ushbu yosh shaxmatchimiz shu kunga qadar o‘smirlar o‘rtasidagi ko‘plab musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan, shuningdek 2020 yilda o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha onlayn O‘zbekiston chempionatida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgan holda yakunda “Spark” avtomashinasi bilan taqdirlangan edi.

Turizm va sport vazirligi hamda O‘zbekiston shaxmat federasiyasi Humoyun Bekmurodovni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi va tez orada xalqaro grossmeyster darajasini ham qo‘lga kiritishida omad tilaydi.

Eslatib o‘tamiz, dunyo tarixidagi eng yosh grossmeyster maqomini 2021 yil 30 iyunda hind millatiga mansub bo‘lgan amerikalik Abximanyu Mishra qo‘lga kiritgan. U atigi 12 yosh, 4 oyu 25 kunligida shaxmatdagi eng yuqori darajaga ko‘tarilgan edi. Bungacha naqd 19 yildan ziyod vaqt davomida jahonning eng yosh grossmeysteri maqomini rossiyalik Sergey Karyakin o‘z qo‘lida saqlab turgan. Shuningdek, hamyurtlarimizdan Javohir Sindarov hamda Nodirbek Abdusattorovlar ham grossmeysterlik talabini bajargan dunyodagi eng yosh shaxmatchilar safidan joy olganini alohida ta’kidlash kerak.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 10:54, 01.02.2022.
O'qildi: 976 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.