Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/06 18:00 Ruminiya 3-0 Ukraina
17/06 20:00 Lokomotiv - Dinamo
17/06 20:00 Olimpik 0-1 OKMK
17/06 21:00 Belgiya 0-1 Slovakiya
17/06 23:59 Avstriya 0-1 Fransiya
18/06 21:00 Turkiya - Gruziya
18/06 23:59 Portugaliya - Chexiya

Obameyang, Traore va Torres transferlaridan keyin "Barselona"ning yangi hujum chizig‘i qanday ko‘rinish oladi?

Obameyang, Traore va Torres transferlaridan keyin "Barselona"ning yangi hujum chizig‘i qanday ko‘rinish oladi?

Baho:
+ | -

"Barsa"ning yangi hujumchilar triosi "Kamp Nou"dagi mashhur MSN darajasiga mos kelmasligi mumkin, ammo ular Xaviga mavsumning qolgan qismida variantlarni berishadi.

Mavsum boshida Ronald Kuman "Barselona"ning hujumga o‘tish imkoniyati yo‘qligidan afsusda bo‘lib, hujumchilar yetishmasligida klubning mavsum boshida yomon o‘yin ko‘rsatganini ayblagan edi.

Biroq, Kumanning o‘rniga kelgan Xavi Ernandesda yanvar oyidagi transfer oynasidan keyin jamoani yaxshi darajada saqlab qolish uchun bir nechta variantlari mavjud.
Mavsumning qolgan qismidagi Xavining maqsadi “Barsa”ni kuchli to‘rtlikka olib chiqish va kelasi mavsumda Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdir, chunki dekabr oyi boshida olti o‘yinda bor-yo‘g‘i ikkita gol urgan “ko‘k-anorranglilar” Yevropaning asosiy klublar musobaqasidan chiqib ketgan edi.

Kuman jarohatlar tufayli 4 hujumchidan mahrum bo‘lgandi va oktyabr oyida "Rayo Valyekano"ga 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lganidan keyin iste’foga chiqarilgan edi.

"Biz jamoani kuchaytirishimiz kerak, birinchi navbatda hujumda", - dedi Xavi jamoaga qaytganidan so‘ng va klub yanvar oyida Ferran Torres, Adama Traore va so‘nggi kunda Per bilan shartnoma imzoladi.

Hozir Xavida Kumannikidan boshqa muammo bor. U o‘z ixtiyoridagi ko‘plab variantlardan yangi hujum uchligini yaratishning eng yaxshi usulini topishi kerak.

"Barselona" afsonaviy MSN triosi Lionel Messi, Luis Suares va Neymar bilan tenglasha olmasa-da, "Barselona" mavsumning ikkinchi yarmida sezilarli darajada kuchaya olishi kerak.

Torres "Manchester Siti"ga 55 million yevro sarflab, "Barsa" tomonidan olib kelingan birinchi hujumchi bo‘ldi. Va hujum qanday qurilishidan qat’i nazar, u, albatta, uchlikka kiradi.Qanot futbolchisi "Siti"da ham, Ispaniyada ham soxta to‘qqizlik sifatida o‘ynashni o‘rgandi, bu esa o‘z navbatida "Valensiya"dagi dastlabki yillaridanoq unga gollari sonini oshirdi.

Kelgusi oylarda u "Barsa"da xuddi shunday rolda davom etishi mumkin edi, ammo bu Obameyangning kelishidan oldin edi.Xavi yanvar oyida de Yongning tiklanishiga va Breytveyt jarohatidan qaytganiga qaramay, yangi markaziy hujumchini qo‘shishni juda xohlardi, "Yuventus"dan Alvaro Morata uning asosiy maqsadi edi.

Biroq, “Atletiko Madrid” bilan kelishuv juda murakkab bo‘lganligi sababli, "Barsa" Obameyang rejasini faollashtirishdi. "Arsenal" gabonlik futbolchini o‘zining ajoyib qimmat shartnomasidan ozod qilganidan xursand edi. Obameyang "Kamp Nou"ga ko‘chib o‘tish uchun maoshini sezilarli darajada kamaytirishga rozi bo‘ldi.

Dekabr oyida "Arsenal" tomonidan chetlashtirilgan va sardorlikdan mahrum qilingan, uning ruhiyati va jismoniy imkoniyatlarida shubha keltirib chiqaradi, ammo yaqingacha ham Obameyang dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri hisoblanardi. Xavi forvard bilan gaplashgan va jismoniy holatini tiklaganidan so‘ng, unga markazdan hujumchlarni boshlash vazifasini qo‘ygan.

Biroq Traorening asosiy tarkibga kirish imkoniyatini Obameyangning kelishi ta’sir ko‘rsatadi, chunki "bo‘rilar"ning ijara vingeri, agar Xavi o‘zi kutgan hujumchini qo‘lga kiritmaganida, Torres bilan yolg‘on to‘qqizlikda va o‘ng qanotdada o‘ynashi mumkin edi. Balki Traore sobiq jamoasida bo‘lgani kabi zaxira o‘yinchisi sifatida olib kelingandir.

Xavi shuningdek, uch kishilik himoyadan foydalanishdan qo‘rqmasligini ko‘rsatdi, to‘rtta markaziy yarim himoyachi va uchta hujumchi oldinda. Bu tizim Traorega o‘ng qanotda, o‘ynash uchun yaxshi imkoniyat beradi, uning oyoqlari va jismoniy tayyorgarligi bo‘lsa, qaytib kelib himoyachilarga yordam beradi.

Chap qanotda Memfis Depay bor agar niderlandiyalik futbolchi o‘zi afzal ko‘rgan markaziy hujumdan boshqa pozisiyada o‘ynashga rozi bo‘lsa, unga imkoniyat yaratilishi mumkin.

Obameyangni "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta ham vaqti-vaqti bilan chap qanotda qo‘llagan va bu yerda Torres markaziy rol o‘ynaydi va o‘ng qanotda esa Traore. Bundan tashqari mavsum boshidagi gollari bilan jamoaga yordam bergan Martin Breytveytni ham unutib qo‘ymaslik kerak. Daniyalik futbolchi o‘zini sabrli ekanini barchaga ko‘rsatib, qo‘ygan. U ham hujum chizig’idan o‘zi joy topish uchun harakat qiladi.

Hozirgi tarkib MSNga yaqinlasha olmasada, Xavi "Barselona"ni yana xavfli qiladigan kombinasiyalarni o‘ylab topmaguncha karakat qilaveradi.

Futbolni seving, "Barselona"ni seving!

Kiritildi: 20:13, 02.02.2022.
O'qildi: 7159 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.