Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Marselino: «Barselona» va «Real»ni mag‘lub etganimiz «Atletik»ning finalgacha yetib borishini anglatmaydi»

Marselino: «Barselona» va «Real»ni mag‘lub etganimiz «Atletik»ning finalgacha yetib borishini anglatmaydi»

Baho:
+ | -

«Atletik Bilbao» klubi bosh murabbiyi Marselino Garsiya Toral Ispaniya kubogining chorak final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan «Real»ga qarshi o‘yin (1:0) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Juda ham xursandman. O‘yinchilarning mehnati va muxlislarning qo‘llab-quvvatlashidan faxrlanaman. «Barsa» va «Real»ni ketma-ket musobaqadan chiqarib yuborish oson ish emas. Shu bilan birga, hali qiladigan ishlarimiz bor. Ikkita kuchli jamoa ustidan g‘alaba qozonganimiz bizni finalgacha yetib borishimizni anglatmaydi.

Mo‘jizaviy kecha bo‘ldi. Hozirdanoq «Atletik» uchun maqsad qo‘yishni istamayman. Hozircha futbolchilarning harakatlari evaziga qo‘lga kiritilgan g‘alaba nashidasini surishni istaymiz, ammo oldinda La liga doirasida bo‘ladigan «Espanyol»ga qarshi o‘yin kutib turibdi. Bu o‘yinda g‘alaba qozonib, jadvalda yuqoriga ko‘tarilishni xohlaymiz», — dedi Marselino.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:18, 04.02.2022.
O'qildi: 1662 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик