Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

AGMK jamoasi Turkiyaga yetib bordi

AGMK jamoasi Turkiyaga yetib bordi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga munosib tayyorgarlik ko‘rish uchun AGMK jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini asosiy hal qiluvchi qismini Turkiyaning Antaliya shahrida davom ettiradi.

Toshkentda 5 yanvar kuni to‘plangan va 2 hafta davomida Toshkentdagi «Tadjiev Start» futbol maktabiga qarashli sun’iy qoplamali maydonda shug‘ullangan hamda jismoniy holatini optimallashtirish BAAda yig‘in o‘tkazib qaytgan jamoa tayyorgarlik rejasini hal qiluvchi muhim bosqichini Antaliyada o‘tkazadi.

Bugun ertalab jamoamiz charter reys orqali Toshkentdan Antaliya shahriga uchib keldi.

Ikki hafta (5 - 20 fevral) davomida Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga qizg‘in taraddud ko‘radigan AGMK yig‘in doirasida bir qator nazorat o‘yinlarini o‘tkazishni rejalashtirgan. Uchrashuvlar sanasi va bo‘lajak raqiblar haqida keyinroq batafsil ma’lumot beriladi.

AGMK Antaliyadagi «Royal Seginus» mehmonxonasida istiqomat qiladi.

Antaliyadagi yig‘inga AGMK jamoasi to‘liq tarkibda yo‘l oldi. O‘tgan yig‘inda qatnasha olmagan Valijon Rahimov va Abdulla Abdullayev milliy jamoadan AGMK ixtiyoriga qaytib, mazkur yig‘inga jamoa bilan birgalikda keldi. Shuningdek, o‘tgan yig‘inga jalb etilgan Jalolov va Sobirov o‘rniga yosh futbolchilar Murot Ermatov va Sardor Abdunabiyev jalb etildi.

Jamoaning dastlabki mashg‘uloti bugun Toshkent vaqti soat 20:30da boshlanadi.


Antaliyadagi yig‘inga yo‘l olgan delegasiya tarkibi:

Murabbiylar shtabi

Bosh murabbiy: Mirjalol Qosimov

Katta murabbiy: Aleksandr Volkov

Yordamchi murabbiy: Hikmat Ergashev

Fitness murabbiy: Xayrulla Karimov

Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy: Marat Axmerov

Darvozabonlar murabbiyi: Pavel Bugalo

Tahlilchi: Vitaliy Lushachev

Matbuot kotibi: Shahboz Beg‘amov

Jamoa ma’murlari: Ruslan Shaymardanov / Sherzod Yunusov

Shifokor: Islom Abayev

Massajchilar: Abdulla Rizboyev / Nurbek Jo‘rayev

Operator: Sherzod Boyirov


Jamoa futbolchilari

Darvozabonlar: Valijon Rahimov, Botirali Ergashev, Jamoliddin Hikmatov.

Himoyachilar: Dilshod Ahmadaliyev, Mirg‘iyos Sulaymonov, Sardor Rahmonov, Andrey Mishenko, Anzur Ismoilov, Iskandar Bo‘sinov, Akrom Komilov, Murat Ermatov.

Yarim himoyachilar: Sanjar Tursunov, Abdulla Abdullayev, Mirjamol Qosimov, Murod Toshmatov, Nodir Abdurazzoqov, Ixtiyor Xolmo‘minov, Sardor Abdunabiyev, Shohruh Gadoyev, Xurshid G‘iyosov, Alisher Jalilov.

Hujumchilar: Zafar Polvonov, Aleksandr Kasyan, Martin BoakYE.

Manba: АГМК клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 18:32, 05.02.2022.
O'qildi: 1033 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик