Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Yevropa chempionlar ligasi formati o‘zgarishi mumkin

Yevropa chempionlar ligasi formati o‘zgarishi mumkin

Baho:
+1 | -

UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin Yevropa chempionlar ligasining formati 2025 yildan boshlab o‘zgarishini aytib o‘tdi.

Cheferin yangi formatni ishlab chiqishda Yevropaning turli klublari, jumladan, "PSJ" prezidenti Nosir al-Helayfiy bilan maslahatlashdi. Uning aytishicha, musobaqaning yakuniy qismi "to‘rtlar finali" shaklida o‘tkaziladi.

"Pandemiya tufayli ushbu loyihani hozircha yetarlicha muhokama qila olmadik. Turnir yanada raqobatbardosh va muxlislar uchun qiziqarli bo‘lishi kerak.

Buni bir nechta klub prezidentlari bilan muhokama qildik. Al-Helayfiy va boshqa boshqalar bunga rozilik berishdi. Yarim final o‘yinlari tufayli klublar yo‘qotadigan mablag‘ni kompensasiya qilish masalasini hal etishimiz lozim. Buning imkoniyati bor. Ushbu loyiha mavsum-2024/25dan avval amalga oshmaydi", — dedi Cheferin.

UEFA prezidenti, shuningdek, jahon chempionatining ikki yilda bir marta o‘tkazilishiga o‘z munosabatini bildirdi.

"Bunday bo‘lmaydi, bunga ishonchim komil. Bu safsata. Bu futbolni o‘ldiradigan loyiha. Bu futbol va olimpiya o‘yinlari prinsipiga zid loyiha. Mazkur futbol tashkiloti o‘yinchilarning taqvimini zichlashtirishdan tashqari yana nima taklif qilishi mumkin? O‘zi shundoq ham har yilda yozda bir oylik musobaqalar bor. Yevropa va Janubiy Amerika bu g‘oyaga qarshi chiqdik. Bizlarsiz esa bu jahon chempionati o‘tkazilmaydi".

Manba: isport.ua
Kiritildi: 06:20, 07.02.2022.
O'qildi: 4238 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.