Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Diyor Imomxo‘jayev: "Endi projektori yo‘q stadionlarda Superliga uchrashuvlari o‘tkazilmaydi"

Diyor Imomxo‘jayev: "Endi projektori yo‘q stadionlarda Superliga uchrashuvlari o‘tkazilmaydi"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston professional futbol ligasi direktori Diyor Imomxo‘jayev joriy mavsum Superliganing taqvimi masalasida gapirdi.

"O‘yinlarning shanba va yakshanba kunlariga to‘g‘ri kelmayotgani kuchli beshlik bilan bog‘liq. May so‘ngiga qadar Sport-TV va UzReport kuchli beshlik uchrashuvlarini translyasiya qiladi. Aynan o‘sha vaqtda biz Superliga uchrashuvlarini o‘tkazsak, TV dasturlar, muxlislar e’tibori, reklama beruvchilar kabi masalalarda yutkazib qo‘yamiz.

Uchrashuvlar dam olish kunlari o‘tayotgan bo‘lsa-da, o‘yinlar ish vaqtiga to‘g‘ri kelmaydi. Biz shunday bosqichga yetib keldikki, endi projektori yo‘q stadionlarda Superliga uchrashuvlari o‘tkazilmaydi. Shundan kelib chiqib, uchrashuvlarni 18:00 dan erta boshlash niyatida emasmiz.

Biz faqatgina xalqaro taqvim majbur qilgan holatdagina, shuningdek, iyun, iyul, avgust oylaridagina uchrashuvlarni shanba-yakshanba kunlariga belgilashga harakat qilamiz", - deydi Imomxo‘jayev o‘z telegram kanalida.

Kiritildi: 13:06, 13.02.2022.
O'qildi: 1801 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик