Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Klub tarixidagi eng yaxshi startdan keyin Kontega nima bo‘ldi?

Klub tarixidagi eng yaxshi startdan keyin Kontega nima bo‘ldi?

Baho:
+ | -

Antonio Konte 2 noyabr kuni "Tottenxem" bosh murabbiyi lavozimini egallagan edi. Katta g‘alabalar tajribasi (birinchi navbatda, ishning birinchi mavsumida qo‘lga kiritilgan "Inter" va "Yuventus" bilan chempionlik) va Chempionlar Ligasi zonasi uchun kurashdagi barcha da’vogarlarning muammolari yangi Konte jamoasini favorit deb hisoblash imkonini berdi. Ammo uch oylik mehnatdan so‘ng "Tottenxem" parchalana boshladi. Ketma-ket uchta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi: "Chelsi", "Sautgempton" va "Vulverxempton". Keyingi uchrashuvda esa "Tottenxem" "Man Siti" bilan o‘ynaydi, bu esa omadsiz seriyaning davom etishiga olib kelishi mumkin.

Nega chempion murabbiyning jamoaga taklif etilgani o‘zini oqlamayapti?

Kontening taktikasini bu "Tottenxem"da amalga oshirib bo‘lmaydi.

Murabbiylik faoliyatidagi 537 uchrashuvdan Konte 223 tasini 3-5-2, 98 tasini 3-4-2-1 va 27 tasini boshqa variantlarda uchta himoyachi bilan o‘tkazgan. Shu bilan birga, to‘rt nafar himoyachi ishtirokidagi o‘yinlarning aksariyati 10 yildan ko‘proq vaqt oldin bo‘lgan. Ammo "Yuve"da ham Jorjio Kyellini va Leonardo Bonuchchining idealga yaqin kombinasiyasiga ega bo‘lgan holda, u uchta markaziy himoyachi bilan o‘yinni tikladi. Ularning Andrea Barzali bilan raqobati shu qadar shiddatli kechdiki, yakunda har uchalasi ham g‘alaba qozondi.

Bu "Tottenxem"da nafaqat yangi Kyellini, Bonuchchi, Barzali bor – ular atrofida yangi himoya qurish mumkin bo‘lgan uchta kuchli himoyachini aniqlash qiyin. Yan Vertongen va Tobi Alderveyreld allaqachon klub bilan xayrlashishgan va ularning o‘rniga klub nominal ravishda faqat bitta yuqori darajaga da’vogar himoyachini sotib olgan. Bu yozda kelgan va hali umidlarni oqlamagan Kristian Romero. Lekin asosiy muammo unda emas, himoyadagi sheriklarida.

Davinson Sanches "Tottenxem"ga besh yil avval "Ayaks"dan kelib qo‘shilgan va to‘rtinchi murabbiy qo‘l ostida ham yomon o‘ynayapti. Himoyadagi muammolar anchadan beri shu darajaga yetganki, jamoa asosan mavjud o‘yinchilarning rollarini o‘zgartirish evaziga o‘yinini saqlab qolgan. Bir necha yil oldin Erik Dayer aslida yarim himoyachi bo‘lganini kam odam eslaydi. U shu pozisiyada tanilgan va Yevro-2016ga aynan yarim himoyachi sifatida borgandi. Ammo Dayer ketma-ket beshinchi mavsumda himoyada o‘ynashga majbur bo‘lyapti. Ajablanarlisi shundaki, u bu pozisiyada zo‘r o‘ynamaydi, lekin buni hamma ko‘radi, faqat "Tottenxem" menejerlaridan tashqari. Himoya markazida ham Konte gohida Ben Devisdan foydalanadi, lekin u chap qanotda ham o‘ynaydi va bunday o‘zgarishlar har doim ham foyda bo‘lavermaydi (masalan, "Sautgempton" bilan o‘yinda).

Konte hech qachon mavsum o‘rtasida jamoaga kelib muvaffaqiyat qozonmagan.

Konte qo‘l ostida David Luiz, Gari Keyxill va Alonso ehtimol, faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o‘tkazishdi. O‘shanda "Chelsi" 10-o‘rinni egallagan o‘tgan mavsum bilan solishtirganda aql bovar qilmaydigan darajada edi. Jamoa avvalgi mavsumda o‘tkazgan gollarining deyarli yarmini o‘tkazib yubordi.

Konteni "Inter", "Chelsi" va "Yuventus"da uchratganlarning barchasi uning mehnatkashligini qayd etishgan. U kecha-yu kunduz jamoalar manfaati uchun ishlashga tayyor, lekin boshqalardan ham shuni talab qiladi. Shu boisdan ham Konte uchun mavsumoldi jarayoni prinsipial ahamiyatga ega: bu ikki oy ichida har bir futbolchi unga qo‘yiladigan talablarning uzoq ro‘yxatini o‘rganishi kerak, ularga qat’iy rioya qilish kerak.

Hozir Konte xuddi avvalgi loyihalardagidek ishni qilmoqda: u futbolchilarni mashg‘ulotlarda o‘rgatadi, avtomatizmga o‘tishni o‘rganish uchun ularni uch karra tezlikda ishlashga majbur qiladi. Serxio Regilonning aytishicha, u endi o‘z pozisiyasidagi futbol va taktika qanaqa bo‘lishini tushuna boshlagan. Shunchaki, bu kabi harakatlar mavsum oralig‘ida sodir bo‘lgani klub uchun ancha og‘riqli bo‘lmoqda.

Konte bu safar futbolchilarga nisbatan juda qattiqqo‘l.

Kontening vaqti oz, u inqirozli jamoaga keldi, himoyani kuchaytirishda unga ishonadigan hech kim yo‘q - bularning barchasi asosiy narsani bekor qilmaydigan tafsilotlar. Avvalgi barcha katta jamoalarida Konte ajoyib ish boshladi, ajoyib muhit yaratdi, muvaffaqiyatga erishdi, keyin esa janjal va jamoadan ketishni boshladi.

Tayinlanganidan so‘ng Konte shunday dedi: "Men "Tottenxem"ga sovrinlar yutish uchun keldim, bu katta qiyinchilik. Klub ko‘p yillardan beri g‘alaba qozona olmaganini juda yaxshi bilaman”. Har doim yangi joyda u o‘tmishdagi yutuqlarini eslaydi ("Men katta maosh oladigan top-murabbiyman, menga uzoq shartnoma kerak emas", "O‘tgan mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritgan jamoalarni qabul qilmaganman. Men hech qachon qiyinchiliklardan qo‘rqmaganman") va doimo klubni kuchaytirish kerakligini aytadi. "Chelsi"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng u jamoalarni saviya jihatidan solishtirib bo‘lmaydi, dedi. "Vulverxempton"dan keyin esa Konte tinmay gapirardi: "Tottenxem"ning 4-o‘rindagi imkoniyatlari bir foiz. Premyer-liganing saviyasi juda yuqori”.

Barcha jamoalarda muxlislar Konteni yaxshi ko‘rishardi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri, mojaroga borishga tayyorlik va rahbariyatga va yoki tarkibga mos kelmaydigan narsalar haqidagi ochiq so‘zlari uchun. U haqiqatan ham matbuot anjumanlarining umumiy fonidan ajralib turadi.

"Tottenxem"da nima bo‘ladi? Ilgarigi jamoalarida Konte birinchi mavsumni zo‘r o‘tkazgan, ammo keyin hammasi pasayib ketardi. Hozir unda na yaxshi start bor, na yaxshi o‘rinlarga intilish.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 22:45, 19.02.2022.
O'qildi: 2264 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.