Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Chempionlar ligasini zabt eta olmagan 7 yulduz

Chempionlar ligasini zabt eta olmagan 7 yulduz

Baho:
+ | -

 

Tan olamizmi yo‘qmi, klublar futboli terma jamoalarnikidan anchagina yuqorida turadi. Undagi voqealar, emosiyalar va chempionlik uchun kechadigan kurash barchani birdek mahliyo qiladi. Yevropaning har qanday klubi Chempionlar ligasi kubogini qo‘lga kiritishni orzu qiladi. Ammo bu orzuni amalga oshirgan jamoalar sanoqligina. Siz va biz bilgan ko‘plab futbolchilar Yevropaning nufuzli turnirida umuman muvaffaqiyatga erisha olmagan. E’tiborimizni Yevropa Chempionlar ligasi kubogini biror marta ham boshi uzra ko‘tarmagan afsonaviy 7 ta futbolchiga qaratsak.

7.Erik Kantona

 "Manchester Yunayted"da 4 yarim mavsum o‘ynagan Kantona axiyri 1996/97 yilgi Chempionlar ligasida finalgacha boradigandek ko‘ringandi. Biroq negadir o‘sha paytda "qizil iblislar" uchun Yevropa maydonlarida 1ta gol urishdan ko‘ra APL da 10ta gol urish osonroq edi. Final yo‘lida Dortmundning "Borussiya"siga mag‘lub bo‘lgan 30 yoshli Kantona shu yilning o‘zida futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi. 1998/99 yilgi mavsum finalida "Manchester Yunayted" "Bavariya"dan ustun keldi. Sobiq jamoasining chempionlikka erishgan yili 32 yoshida bo‘lgan Erik erta yakunlagan faoliyati uchun hali hamon afsuslansa kerak.

6.Fabio Kannavaro

Zidan kalla qo‘ygan kechani eslasangiz kerak. Aynan o‘sha kechada Italiya jahon chempioniga aylangan edi. 2006 yil Kannavaro uchun omadli keldi. Jahon chempionligi, “Oltin to‘p” va yilning eng yaxshi futbolchisi deya tan olingan Fabioga Yevropa chempionatlarida unchalik havas qilib bo‘lmasdi. Kannavaro faoliyati davomida 3ta top klubning (“Real Madrid”, “Inter”, “Yuventus") sharafini himoya qildi. 2003 yilgi Chempionlar ligasi yarim finalida Milan shahrining ikki jamoasi to‘qnash keldi. Mehmonda kiritilgan gol evaziga g‘alabani ilib ketgan "Milan" klubi hamshaharlarini qattiq alamda qoldirgandi o‘shanda.

5. Denis Bergkamp

 Faoliyati davomida "Ayaks" hamda "Arsenal" kabi grand klublarda to‘p surgan niderlandiyalik afsona hech qachon Chempionlar ligasini yuta olmagan, biroq bunga juda-juda yaqin kelgan. Denisning orzulari ushalishi uchun 2005/2006 yilgi mavsumda "Barselona"ni mag‘lub etish kifoya edi. Ammo har qanday jamoani vahimaga solgan o‘sha paytdagi "kataloniyaliklar" g‘alabani qo‘ldan boy bermadi. Alamli mag‘lubiyatdan so‘ng Bergkamp faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

4.Roberto Badjo

 Yana bir afsonaviy futbolchi Badjio shubhasiz futbol olamida juda ko‘p sovrinlarga ega bo‘lgan. Ammo uning kolleksiyasida Chempionlar ligasi kubogi yo‘q edi. Roberto "Yuventus" safida Yevropa ligasida zafar quchgan, bundan tashqari "Milan" tarkibida A seriya chempioniga aylangan.1993 yilda “Oltin to‘p” sovriniga loyiq deb topilgan sanoqli futbolchilar qatoriga qo‘shilgan Badjo eng saviyali turnirda "Inter" bilan bir marotaba chorak finalgacha yetib kelgan xolos.

3. Janlujji Buffon

 Italiyaning eng yaxshi darvozaboni Janlujji Buffon ham qancha urinmasin "shalpangquloq kubok"ni yuta olmagan. Buffon "Yuventus" safida 3 bor Chempionlar ligasi finalini boy bergan. Maqsadiga erisha olmagan Janlujji oxiri taqdirga tan berdi. Hozirga kelib faoliyatining ilk yillaridagi qadrdon jamoasi "Parma" sharafini himoya qilmoqda.

2. Zlatan Ibragimovich

 Tepsa tebranmas Zlatan bir qator klublarda havas qilsa arzigulik natijalarga erishgan. "MYU" safida Yevropa ligasi, "Barselona” safida esa UYEFA superkubogini qo‘lga kiritgan. Aynan "ko‘k-anorranglilar" bilan Yevropa Chempionlar ligasining yarim finaligacha yetib kelgani, uning maqsadiga erishishi uchun eng yaqin kelgani bo‘ldi. Shvesiyalik hujumchi hozirda 41 yoshga qarab ketyabdi. Shunga qaramasdan hamon yuqori formada o‘yin ko‘rsatib, jamoasining g‘alabalariga o‘z gollari bilan hissa qo‘shmoqda. "Milan" klubining ajralmas bo‘lagi bo‘lib ulgurgan atletning hali beri faoliyatini tugatish niyati yo‘qdek.

1. Ronaldo Nazario

 “El fonameno” ham yuqoridagi futbolchilar kabi Yevropa chempioni bo‘lmagan desak kulgili tuyulsa kerak. Ammo bu fakt. “Oltin to‘p”ning eng yosh sovrindori, 2 karra jahon chempioni bo‘lgan Ronaldo faqatgina bir marta "Real Madrid" safida yarim final ostonasiga yetib kelgan. Albatta bunday bo‘lishiga jarohatlar va shunga o‘xshash boshqa bir muammolar sabab bo‘lgan. Biroq afsonaviy Nazario bu temir kubokning yordamisiz ham butun dunyo tan olgan buyuk futbolchi hisoblanadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:09, 21.02.2022.
O'qildi: 7891 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.