Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Endi Respublika olimpiya zaxiralari kolleji “Odil Junior” bilan hamkorlik qiladi

Endi Respublika olimpiya zaxiralari kolleji “Odil Junior” bilan hamkorlik qiladi

Baho:
+ | -

So‘nggi yillarda xalqimiz salomatligi bo‘rasida g‘amxo‘rlik qilish, ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, millionlar o‘yini bo‘lgan va mamlakatimizda ham eng sevib o‘ynaladigan futbolga aholi, ayniqsa, yoshlarni keng jalb etish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Mamlakatimizda yuksak iqtidorga ega yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish va futbol infratuzilmasini yanada mustahkamlash, futbolga ixtisoslashgan sport maktablarining faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, soha mutaxassislarini tayyorlash, qolaversa o‘tkazilayotgan sport musobaqalari saviyasini yaxshilash bugungi kunda dolzarb vazifaga aylangan.

Shu maqsadda davlatimiz rahbarining 2019 yil 4 dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda 2021 yil 5 noyabrdagi “Sport ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish orqali olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilar zaxirasini shakllantirish sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilinganki, bu hujjatlar soha rivojida yangi davrni boshlab beradi.

Kecha Respublika olimpiya zaxiralari kollejida mamlakatimizda bolalar-o‘smirlar futbolini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan mazkur kollej hamda “Odil Junior” futbol akademiyasi bilan “Hamkorlik memorandumi”ni imzolash marosimi hamda ushbu akademiyaga xorijdan jalb qilingan futbol mutaxassisini tanishtiruv marosimi tashkil etildi.

Unda doimiy ravishda o‘zbek futboliga Mixail An, Ravshan Ermatov, Ignatiy Nesterov, Server Jeparov, Odil Ahmedov kabi mahoratli futbolchilarni tarbiyalab berayotgan ushbu ilm maskanida “Odil Junior” futbol akademiyasining yosh futbolchilari ishtirok etishdi. Ularga shu yerda xorijdan olib kelingan futbol mutaxassisi tanishtirildi.

Tadbirda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vise-prezidenti, “Odil Junior” futbol maktabi asoschisi Odil Ahmedov ham ishtirok etdi.

“Ushbu qilinayotgan ishlarimizning barchasini zaminida futbolimiz ertasi uchun yangi yulduzlar yetishtirib berish, barcha o‘sib kelayotgan, iqtidorli va salohiyatli yoshlarni birlashtirish, ularni bitta maqsad sari, ya’ni o‘zbek futboli sha’nini yuqorilarga ko‘tarish yo‘lida birlashtirish yotibdi”.

Shundan so‘ng ROZK direktori A.Mamadaliyev ham so‘zga chiqib, bu sa’y-harakatlar negizida O‘zbekistonda millionlar o‘yini futbolni, qolaversa bolalar va o‘smirlar futbolini yangi bosqichga olib chiqish vazifasi yotganligi, buning uchun barcha bir tanu-bir jon bo‘lib harakat qilishi kerakligini ta’kidladi.

Tadbirning ikkinchi qismida Respublika olimpiya zaxiralari kolleji hamda “Odil Junior” futbol akademiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum mamlakatimizda bolalar va o‘smirlar futbolini ommalashtirish va rivojlantirishga xizmat qiladi.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 09:55, 22.02.2022.
O'qildi: 1623 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.