Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon - Mash’al
22/04 20:15 Buxoro - Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

O‘tgan tunning eng so‘nggi futbol yangiliklari bir sahifada

O‘tgan tunning eng so‘nggi futbol yangiliklari bir sahifada

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

* «Roma» futbolchisi Nikolo Dzanioloning agenti o‘tgan juma kuni Turinda bo‘lgan va «Yuventus» bilan ehtimoliy transfer masalasida ish olib borgan. Nikolo rimliklar bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmasa, «Yuve»ga o‘tishga tayyor;

* Rasman: «Milan» yana bir homiy BEFOX bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. BEFOX klub tarixida jamoa libosining orqa qismiga joylashtirilgan ilk homiy bo‘ldi;

* Xames Rodrigec: "Men «Everton»da uzoq muddat qolishni istagandim. Bu fantastik muxlislarga ega ajoyib jamoa. Ammo menda murabbiy bilan muammo bo‘ldi. U menga ishonch bildirmadi";

* David de Xea: "O‘zimni "MYU"dan boshqa jamoada tasavvur qila olmayman. Men uzoq yillardan buyon shu yerdaman. Qayerda seni kutishsa va sevishsa, o‘sha yer sening uying";

* «Independent» nashri «Lids» bilan o‘yin uchun Ronalduga 10 ballik tizimda 5 ball qo‘ydi. MYUda faqatgina Van-Bisakka Ronaldudan pastroq ball olgan;

* Jyul Kunde «Chelsi»ga o‘tish uchun «Barselona»ga rad javobini bergan;

* Ramos "Real Madrid" yangi shartnoma taklif qilganda maoshi kamida Pikening maoshiga teng bo‘lishini so‘ragan. Sababi, Pike bir necha mavsum Serxiodan ko‘proq maosh olib yurgan;

* Obameyang: "Holand bilan «Barselona»da birga o‘ynash men uchun sharaf bo‘lar edi";

* Harri Keyn va Son Hyong Min bir-biriga 36 tadan golli uzatma amalga oshirgan. Bu APL tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi;

* Ushbu mavsumda barcha turnirlarni inobatga olgan holda 100+ gol urgan klublar nomi ma’lum:

1. «Bavariya» - 108 ta;
2. «Liverpul» - 100 ta;
3. "Manchester Siti" - 100 ta.

Manba: uzreport.news
Kiritildi: 10:20, 22.02.2022.
O'qildi: 2526 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик