Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

“Real” Asensioga yangi shartnoma taklif qildi

“Real” Asensioga yangi shartnoma taklif qildi

Baho:
+ | -

Madrid klubi yozgacha 25 yoshli futbolchining shartnomasi 2023 yilning iyunigacha davom etadimi yoki yo‘qligini bilmoqchi. Agar ispaniyalik futbolchi ketishga qaror qilsa, "Real" futbolchisini tekinga yo‘qotmaslik uchun uni keyingi yozda sotadi.

Asensio "Real"da qolishni istaydi, lekin maoshini oshirishni so‘ramoqda. Madridliklar esa futbolchiga hozirgidek maosh bilan 4 yillik shartnoma taklif qilmoqda - yiliga 4,5 million yevro. Maqsadlarga erishish uchun yana 1,5 million yevro bonus sifatida taqdim etiladi.

Futbolchining vakillari Angliyada unga yiliga 7 million yevrolik shartnoma taklif qilishayotganini aytishmoqda. "Real Madrid" Asensioga bunday maosh bermoqchi emas.

Markoga "Yuventus", "Bavariya", "Borussiya Dortmund" va bir qancha ingliz klublaridan takliflar bor, ular unga "Real"dan yuqori maosh taklif qilmoqda.

Agar Asensio ketishga qaror qilsa, madridliklar uning uchun taxminan 50 million yevro so‘rashadi.

Joriy mavsumda yarim himoyachi “Real” safida barcha turnirlar doirasida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urishga erishdi.

Kiritildi: 19:04, 25.02.2022.
O'qildi: 1125 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.