Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Grand jamoalar xavotirda. “Barselona” qaytmoqda

Grand jamoalar xavotirda. “Barselona” qaytmoqda

Baho:
+1 | -

 

 Xavi “Barselona”ga murabbiy bo‘lgach, jamoaning o‘yinida sifat ko‘zga tashlana boshladi. Avvaliga kataloniyaliklar biroz qiyinchiliklarga duch kelishdi. Ammo xozir juda ham chiroyli va ajoyib o‘yin namoyish etmoqda. Shunchaki oxirgi o‘yinlar hammada shunday taasurot qoldirmoqda. Rostan eski “Barselona” qaytyaptimi? Bu haqda quyida fikr yuritamiz.

   O‘yindagi rang-baranglik

Xavi klubga murabbiy bo‘lganida hamma Pepning shogirdi uning o‘yin uslubi davomchisi keldi deyishdi. Bir tomondan to‘g‘ri Xavi tiki-taka asosida o‘yin qurmoqda. Lekin unda boshqa uslublarning ham qorishmasini ko‘rmoqdamiz. Birinchidan, Adama Traore. U umuman “Barselona” o‘yin uslubiga to‘g‘ri tushmaydi. Luis Enrike ham Adamani Ispaniya termasida o‘ynatib ko‘rdi va uni “odam qilolmadi”. Xavi esa tiki-takaga Adamani shu darajada aralashtira oldiki, natijada jamoa hujumida rang-baranglik yaratildi. Eski “Barselona” odatda bosh bilan juda kam gol urardi. Xavida esa Lyuk de Yong bor va shu sababli ham u maydondaligida jamoa 2 qavatga ko‘p to‘p uzatib beryapti. Yaxshigina qorishma. Bundan tashqari “Barselona”da yaxshigina qarshi hujumlar uchun futbolchilar yetarli. Shunchaki Xavi bir mukammal uslubni yangilab yanada mukammalashtirishga qo‘l urgandek go‘yo.

 Yarim himoya o‘yin poydevori

 Har qanday o‘yin uslubini quruvchilar yarim himoyachilar hisoblanadi. Xavi kelishidan oldin ham “Barselona” shu markaziy futbolchilarga tayanib o‘ynardi. Ammo oldingi murabbiylar qandaydir yarim himoyachilardan noto‘g‘ri foydalanishgan. Xavi kelgach, jamoada bir futbolchi biz klassik “Barselona”ni eslatib yubordi. Bu albatta – Pedri. Uni avvallari Xavinyesta deb atashgan ekan. Darhaqiqat yosh ispaniyalikning o‘yinida ikki afsonaviy futbolchining jamlanmasini ko‘rish mumkin. Lekin hali uni yana ham tarbiyalash kerak.

 Gavida ba’zi vaziyatda tajriba yetishmayotgani ko‘zga tashlanmoqda. Lekin uning o‘yini ham “Barselona”ning ajralmas bo‘lagi bo‘la oladi. Undagi noodatiy harakatlar va harakterdagi xarizma jamoaga juda muhim. Har xolda jamoa mutasaddilari undan ko‘p narsa ko‘tishga haqli.

Buskets va de Yongning o‘yin sifatiga to‘xtatilib o‘tirishga hojat yo‘q.

 Asosiy kamchiliklardan biri bartaraf etildi.

“Barselona”ning o‘yinida pasayish Suares ketgan yillarda boshlandi. Jamoada Luisdan keyin haqiqiy goleador to‘qqizlik hujumchi yetishmadi. Jamoa bir nechta futbolchi harid qildi. Lekin xa deganda natija bermadi. Aubameyang jamoaga kelgach, bu kamchilik deyarli bartaraf etildi. Muxlislar Depay, Dembele yoki Ferrandan gol kutishardi. Ammo ularning asosiy pozisiyasi va o‘yin uslubi “gol ovlovchi” emas. Pyer jamoaga kelgach o‘yini ochilib ketdi. Uning golni sezish qobilyati “Barselona”ga juda ham katta yordm bermoqda.

Tuzatilmayotgan muammo

 “Barselona”ning asosiy muammosi bu himoya chizig‘i. Jamoaning qanot himoyasiga odam havas qila olmaydi. Qariya Alvesh jamoa futbolchilariga motivasiya bera olishi, o‘zining ajoyib paslari bialn  jamoani oldinga boshlashi va texnikasi bilan bir nechta futbolchini ortda qoldirishi mumkin. Ammo uning yoshi barbir o‘z so‘zini aytmoqda. Braziliyalik to‘liq 90 daqiqa faol o‘ynay olmaydi va himoyalanishda tezligi ancha pastlagani sabab futbolchilarni qo‘riqlashga ulgurmayapti. Destda esa doimiy muammo bu beqaror o‘yin. Uning ba’zi o‘yinlarni ko‘rgan odam undagi yorqin kelajak haqda gapirsa ba’zi o‘yinlarini ko‘rib fikridan qaytadi. Albaning ham yoshi o‘tib bormoqda.

 Markaziy himoyada ham muammolar yetarlicha. Arauxo va Pike yaxshi futbolchi ekanligi shubhasiz. Ammo ular o‘yin davomida haddan tashqari ko‘p oldinga o‘tishadi va qarshi hujumlarni o‘tkazib yuborishadi.

 “Barselona” so‘zsiz yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Ammo o‘sha muammolarni tuzatmasa grand jamoalarga qarshi bahsda qiynalib qoladi. Huddi eski “Liverpul” va “Borussiya D” kabi.  

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:06, 28.02.2022.
O'qildi: 8066 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.