Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/05 19:00 Surxon 1-0 So‘g‘diyona
31/05 19:30 OKMK 1-0 Metallurg
02/06 00:00 Borussiya D - Real Madrid
02/06 21:00 Atalanta - Fiorentina

"Liverpul"ning transfer siyosati muxlislar ko‘zini quvontirmoqda

"Liverpul"ning transfer siyosati muxlislar ko‘zini quvontirmoqda

Baho:
+ | -

Sayyoramizda futbol klubini qanday qilib to‘g‘ri boshqarishga oid misol bo‘lsa, unda bu misol bosh murabbiy Yurgen Klopp va uning "Liverpul”idir.

Oxirgi besh mavsumda "Liverpul" 8 nafar futbolchini yoki 40 million yevrodan ko‘proq bo‘lgan xaridlarni amalga oshirdi. Ulardan uchtasi — Muhammad Saloh (42 million yevro), Virjil van Deyk (84,65 million yevro) va Alisson (62,5 million yevro) allaqachon klub afsonasiga aylanishgan.

Fabinyo (45 mln yevro) "qizillar"ning o‘rta chizig‘idan joy oldi va himoyachilar harakatsiz qolganda u himoya markaziga o‘tib ketdi. Nabi Keyta (60 million yevro) Fabinyo kabi yorqin porlamadi, ammo gvineyalik yordamisiz hozirgi "Liverpul"ni tasavvur qilish biroz mushkul.

Diogo Jota, 44,7 million yevro

2020 yilning yozida "Liverpul" "RB Leypsig" yetakchisi Timo vernyerni sotib olish imkoniyatiga ega edi, biroq Yurgen Klopp "Vulverxempton"dan portugaliyalik Diogo Jotani tanladi va nemis futbolchisi "Chelsi"ga 53 million yevro evaziga yo‘l oldi.

Keyin ko‘pchilikda o‘y paydo bo‘ldi: Jota qayerda-yu va Vernyer qayerda?

Natija sizga yaxshi ma’lum: Timo muntazam ravishda memlar qahramoniga aylandi, Jota esa Roberto Firminoni asosiy tarkibdan chetlatdi. Endi "qizillar"ning hujumkor kuchi haqida gapirganda, Salah-Mane-Firmino o‘rniga Salah-Jota-Mane uchligi haqida gapiramiz.

SSSRda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Mixail Yakushin bir paytlar shunday degan edi: "Jamoaviy o‘yin tamoyili sovet futbolida yetakchi tamoyil hisoblanadi. O‘yinchi nafaqat yaxshi bo‘lishi kerak - u ma’lum bir jamoa uchun yaralgan bo‘lishi kerak".

Jota bu tamoyilning haqiqiy timsolidir. Katta yulduz bo‘lmagani uchun u "Liverpul" o‘yin modeliga juda mos tushdi. Uning misoli yana bir bor isbotlab berdiki, jahon miqyosida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan futbolchini sotib olish shart emas, asosiysi o‘z jamoangizga aynan kerakli futbolchini olishdir. Yurgen Klopp bu qoidani juda yaxshi o‘rgangan.

Ibrohima Konate, 40 million yevro

2021 yilda "RB Leypsig"dan sotib olingan Konate yangi avlod himoyachisi. Ibrohimaning bo‘yi ham juda baland (1 metr 94 santimetr) yuqori sifatli paslar o‘ztaish va yuqori bosimdan chiqib ketish uchun texnikasi yetarli. 2021/22 yilgi mavsumning birinchi qismida fransuz yangi ligaga ko‘nikib qoldi va Joel Matipga qaraganda kamroq maydonga tushdi.

Ammo yaqin orada Konate kamerunlik futbolchini asosiy tarkibdan chiqarib yuborishi mumkin. Kamida Chempionlar ligasi pley-off bosqichining eng muhim o‘yinida "Inter"ga qarshi o‘yinda (2:0) Klopp himoya markaziga odatiy van Deyk-Matip kombinasiyasini emas, balki Van Deyk va Konateni qo‘ydi. "The Athletic" nashri Ibrohimaning Milandagi o‘yini "Liverpul"dagi eng yaxshi o‘yini deb topdi. Aftidan, Matip jamoadi o‘rni haqida qayg‘urishi kerak.

Luis Dias, 45 million yevro

Qishda "Liverpul" "Portu"ning kolumbiyalik vingeri Luis Diasni o‘z safiga qo‘shib oldi. U birinchi o‘yinlardanoq yaxshi taassurot qoldira boshladi: u "Norvich"ga gol urdi va "Lids"ga qarshi o‘yinda kuchli harakat qildi. Deyarli hech kimda shubha yo‘qki, kolumbiyalik futbolchi Premyer-ligada o‘nlab gollar kirita oladi.

"Luis Portugaliyada ko‘p narsalarni o‘rgandi, hujumchi sifatida yaxshilandi. U hozirda Kolumbiya futbolidagi eng muhim futbolchi", - deydi kolumbiyalik jurnalist Xuan Felipe Siyerra.
Diasning transferi bilan "Liverpul" Firmino, Saloh yoki Mane ketgan taqdirda o‘zini sug‘urta qildi. Misrlik, braziliyalik va senegallikning shartnomalari 2023 yilning yozida tugaydi va yangilash bo‘yicha muzokaralar hozircha qiyin kechmoqda.

Endi "Enfild" boshliqlari muzokaralarda kuchli kartaga ega: ular Dias bilan shartnoma imzolagani va Jotaning favqulodda darajasiga erishganini hisobga olsak, keksa yulduzlarning ketishidan xavotirga tushmaydi.

Kiritildi: 21:31, 28.02.2022.
O'qildi: 6964 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.