Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Rossiya va Belarus xokkey, basketbol hamda gandbol bo‘yicha xalqaro musobaqalardan chetlatildi

Rossiya va Belarus xokkey, basketbol hamda gandbol bo‘yicha xalqaro musobaqalardan chetlatildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Rossiya va Belarus terma jamoalari xokkey bo‘yicha xalqaro turnirlardan chetlashtirildi. Bu haqda Xalqaro xokkey federasiyasi (IIHF) saytida xabar qilindi.

Qayd etilishicha, bu qaror «keyingi ogohlantirishgacha» qabul qilingan.

Hozircha IIHF Rossiya va Belarusning sentyabr oyigacha bo‘lgan barcha musobaqalarni o‘tkazib yuborishini ma’lum qildi.

Shu tariqa, Rossiya Finlyandiyada bo‘lib o‘tadigan kattalar o‘rtasidagi 2022 yilgi jahon chempionatida ishtirok etmaydi va o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatini, ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatini, shuningdek, avgust oyida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi.

Shuningdek, Rossiya dekabr oyining oxirida Novosibirsk va Omskda boshlanishi kerak bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatini o‘tkazish huquqidan mahrum qilindi. IIHF kelgusi oylarda musobaqani o‘tkazish uchun yangi joy bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi.

Shuningdek, Yevroliga Ijroiya kengashi ham 28 fevral kuni Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha qabul qilingan qarorlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Rossiya basketbol jamoalarining Yevroliga (SSKA, UNIKS, «Zenit») va Yevrokubokdagi («Lokomotiv-Kuban») ishtirokini to‘xtatishga qaror qilingan.

Bundan tashqari, Yevropa gandbol federasiyasi (EHF) ham Rossiya va Belarus jamoalari hamda klublariga tashkilot shafeligidagi musobaqalarda qatnashish huquqidan mahrum qildi. Bu haqda EHF matbuot xizmati xabar berdi.

Qaror tashkilot ijroiya qo‘mitasining navbatdan tashqari yig‘ilishida qabul qilingan va klublar hamda jamoalar darajasidagi barcha musobaqalarga taalluqlidir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA va UEFA Rossiya futbol terma jamoalari hamda klublarini xalqaro musobaqalardan chetlatgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:01, 01.03.2022.
O'qildi: 1294 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.