Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Inter - Arsenal
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Olimpiakos - Bayer
21/01 01:00 Real Madrid - Monako
21/01 01:00 Sporting - PSJ
21/01 01:00 Tottenhem - Borussiya D
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Samarqandda Superliga nafasi qaytdi. «Dinamo»ning bayramona o‘tgan tanishtiruv marosimini o‘tkazdi

Samarqandda Superliga nafasi qaytdi. «Dinamo»ning bayramona o‘tgan tanishtiruv marosimini o‘tkazdi

Baho:
+ | -

«Dinamo» jamoasi o‘z an’anasiga ko‘ra, chempionat o‘yinlari oldidan yangi futbolchilari taqdimotini o‘tkazdi.

Samarqand shahridagi «Yoshlar markazi» katta zalida yuqori tashkilotchilikda o‘tgan tadbirda jamoa a’zolari, viloyat hokimligi, homiy va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, muxlislar, Samarqand futbol jamoatchiligi ishtirok etdi. Bayramona taqdimot marosimi ilk marta 4ta telekamerada internetda jonli efirda namoyish etildi.

Tadbirni Samarqand viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Erkinjon Turdimov ochib berishi rejalashtirilgandi, ammo viloyat hokimi ma’lum sababga ko‘ra marosimga kela olmagan bo‘lsa-da, viloyat hokimining o‘rinbosari Xurshid Ochilov marosim qatnashchilariga Erkinjon Oqbo‘tayevichning jamoa va muxlislarga yo‘llagan yangi mavsum ochilish tabrigini o‘qib eshittirdi.

Shundan so‘ng, «Dinamo» PFK bosh homiysi «Agromir Buildings» kompaniyasi raisi, senator Shavkat Jalolov, viloyat hokimining o‘rinbosari Xurshid Ochilov klub yangi bosh murabbiyi serbiyalik Predrag Roganni tanishtirib, «Dinamo» futbolchilariga yangi liboslari topshirildi. Muxlislar nomidan viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va «Agromir» kompaniyasi boshqaruv raisi Shavkat Jalolovga Samarqand futboli rivoji yo‘lida qilinayotgan ishlar uchun minnatdorchilik bildirildi. «Dinamo» PFK nomidan esdalik uchun Erkinjon Turdimovga 69-raqamli libos (1969 yilda tug‘ilgan), Shavkat Jalolovga 70-raqamli, Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarovga 78-raqamli klub libosi topshirildi.

Shuningdek, yangi murabbiy Rogan hamda futbolchilar nomidan Temurbek Ismoilov, Aleksandar Glishich so‘zga chiqib, yangi mavsumda samarqandlik muxlislarni quvontirish uchun jamoa bor kuch va imkoniyatini sarflashini bildirishdi. Muxlislarning ochiq-savol javobi va olqishlari ostida yuqori kayfiyatda o‘tgan tadbir yakunida barcha Superliga 1-turi doirasidagi 3 mart kungi «Dinamo» - «Paxtakor» o‘yiniga taklif etildi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 08:30, 02.03.2022.
O'qildi: 1700 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.