Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

«Dinamo»ning 2021 yilgi eng yaxshi futbolchisi legionerga aylandi

«Dinamo»ning 2021 yilgi eng yaxshi futbolchisi legionerga aylandi

Baho:
+ | -

Pro liga 2021 yilgi mavsumida jamoamizning eng yaxshi o‘yinchisiga aylangan Shohruxbek Abdurahmonov legioner bo‘lishga qaror qildi.

2019 yil 19 yoshida «Dinamo» jamoasi safida Superligada debyut qilgan Shohruxbek Abdurahmonov so‘nggi uch yil davomida samarqandliklar sharafini munosib himoya qilib, jamoa muxlislar yoqimtoyiga aylandi.

Xususan, so‘nggi 2021 yilda Shohruxbek Abdurahmonov o‘zining ajoyib o‘yinlari va gollari bilan «Dinamo»ni Superligaga qaytishiga ulkan hissa qo‘shdi. Yakunda esa muxlislar tomonidan «Dinamo»ning 2021 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

«Dinamo» PFK rahbariyati Superliga-2022 oldidan Abdurahmonov bilan shartnomani uzaytirish borasida har qancha urinishmasin, Shohruxbek o‘zini Yevropada sinab ko‘rishga qaror qildi va Belarusning «Energetik-BGU» klubi bilan shartnoma imzoladi.

Manba: "Динамо" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 19:32, 05.03.2022.
O'qildi: 1391 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик