Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

O‘zaro o‘yinlarda ustunlik «Manchester Yunayted» tomonda! Bugungi derbida «Liverpul» «qizil iblislar»ga muxlislik qiladimi?

O‘zaro o‘yinlarda ustunlik «Manchester Yunayted» tomonda! Bugungi derbida «Liverpul» «qizil iblislar»ga muxlislik qiladimi?

Baho:
+ | -

Sulsher «Man Siti» bilan qanday o‘ynashni bilardi, endi navbat Ralfga keldi. Bugun «Manchester derbi»si bo‘lib o‘tadi va ushbu o‘yin haqida qisqacha to‘xtalishga qaror qildik.

«Yunayted» Sulsher boshchiligidagi ligadagi 5 derbining 3 tasida g‘alaba qozongan

Ta’kidlaganimizdek, «qizil iblislar»Sulsher boshchiligidagi derbilarso‘nggi5 ta o‘yinning 3 tasida g‘alaba qozongan va yana bir o‘yin durang bilan yakunlangan. «Manchester Siti»ning darajasini APLni tomosha qiladigan muxlislar yaxshi bilishadi. Ammo keling «shaharliklar»ning Premyer-ligadagi boshqa klublar bilan ko‘rsatkichlarini solishtiramiz. «Liverpul» Gvardiolaga qarshi ligadagi so‘nggi 5 o‘yinning 1 tasida g‘alaba qozongan. «Chelsi»da 2 ta g‘alaba, lekin 3 ta mag‘lubiyat bor. «MYU»da esa so‘nggi 6 o‘yinning 3 martasida g‘alaba qozongan va ikki marta imkoniyatni boy bergan. Misol uchun, o‘tgan yilning mart oyida Fernandesh va Shou tomonidan kiritilgan gollar evaziga «qizil iblislar» hamshaharini mag‘lub etgan. O‘sha bahsda «Manchester Siti» raqib darvozasiga naqd 15 marta zarba bergan edi, ammo aniq zarbalar bo‘yicha tenglik — 6:6. Shu sabab «Manchester Yunayted»ni ishonch bilan «MS» uchun noqulay raqib deb atash mumkin.

«Manchester Yunayted» bir xil saviyada o‘yin ko‘rsatmayapti

«Manchester Yunayted» kam gol uradi va ko‘p o‘tkazib yuborishdi, lekin 27-turga kelib, Rangnik boshchiligidagi klub bor-yo‘g‘i 6 ta mag‘lubiyatga uchragan. «Qizil iblislar»da to‘rtinchi o‘rinni saqlab qolish imkoniyati bor va klub bu uchun bor imkoniyatlarini ishga solmoqchi. Vazifa shunchaki YECHLga chiqish va o‘z o‘rnini saqlab qolish. «Lids»ga qarshi o‘yinda ikki marta, 57 va 58 daqiqada gol o‘tkazib yuborishdi. Shuningdek, autsayder «Uotford»ga o‘z maydonida gol ura olmadi. Bu esa «MYU»ni yuqori o‘rinlarga emas, balki pastki pog‘onalarga yaqinlashtiradi. Ammo so‘nggi yillarda «Manchester Siti»ga qarshi derbi o‘yini o‘zgacha bo‘lmoqda, chunki muxlislar, futbolchilar, murabbiylar va rahbariyat uchrashuvga alohida tayyorgarlik ko‘radi. «Manchester Yunayted» chempion va hozirda birinchi o‘rinda borayotgan klubdan ochko olsa, ham mavqeini tiklab oladi ham YECHL tomon dadil qadam tashlagan bo‘ladi. Shuning uchun bugungi o‘yin oldidan hamma taxmin o‘zini oqlamasligi mumkin.

«Shaharliklar»da muammo yo‘q, «MYU»da esa...

Ko‘rsatkichlarni solishtirsak, biz juda katta farqni ko‘ramiz. «Manchester Siti» «Liverpul»dan kam gol urdi, ammo 64 ta gol bilan hamshaharidan ancha ilgarilab ketgan. «Yunayted» esa APLda bor-yo‘g‘i 44 ta gol urishga erishdi. Shuni ham yodda tutingki, klubning ikkita taniqli portugaliyalik futbolchisi Ronaldu va Fernandesh 18 ta gol urgan. Qolaversa, barcha musobaqalardagi so‘nggi 12 o‘yinning 2 tasida Rangnik jamoasi ikkitadan ko‘proq gol urgan. Shuningdek, 26-turda «Lids» darvozasiga 4 gol urganini ham aytib o‘tish kerak. «Manchester Siti» esa «Norvich» va «Sporting» kabi jamoalar darvozasiga 4-5 talab javobsiz gol urmoqda. Demak ushbu statistikadan bilishimiz mumkinki, «shaharliklar» hujumida ham himoya chizig‘ida ham unchalik muammo yo‘q.

Gvardiola qanday o‘ynashini barcha raqiblar yaxshi biladi. «Shaharliklar»ning har bir o‘yindagi statistikasi quyidagicha: raqib darvozasi tomon ko‘p zarba yo‘llaydi — 18, to‘pga egalik qilish — 67,9%, aniq paslar - 89,8%. «Shaharliklar» raqibni o‘z jarima maydonchasiga qamab qo‘yishni yaxshi uddalaydi, o‘z darvozasi oldida raqibga deyarli imkon bermaydi. Ederson darvozasi bir o‘yinda o‘rtacha 6-7 marta nishonga olinadi. Taqqoslash uchun, raqib futbolchilari De Xea darvozasi tomon har bir uchrashuvda o‘rtacha  13-14 marta zarba beradi.

Hamshaharlar vaziyatlarni amalga oshirishda teng ko‘rsatkichga ega

Quyidagi statistika ko‘p narsaga aniqlik kiritib beradi. «Liverpul» darvoza tomon yo‘llagan har 3 ta zarbadan 1 tasi aniq manzilga yetib borgan — 0,37.  «Vest Xem» esa kutilmaganda jadvalda ikkinchi o‘rinni egalladi — 0,36. «Manchester Siti»da bu ko‘rsatkich 0,33, «MYU» esa bu borada «shaharliklar»dan biroz ortda qolmoqda  – 0,31. «Qizil iblislar»ning bu reytingda yuqori o‘rinlarni egallashining asosiy sababi Fernandesh, Fred, Reshford va Ronalduning o‘yini. Ular har bir uchrashuv davomida darvoza tomon juda ko‘p zarba berishadi. «Manchester Siti»da ham zarbalar ko‘p -  40 ta, lekin ularning aniq manziliga yetib borishi bo‘yicha Gvardiola va Rangnik jamoalari jadvalda yonma-yon joylashgan. Bu «Manchester Siti»ning asosiy  muammosi va buni Gvardiola ham tan oldi. Ular ko‘p yillardan beri jamoaga sifatli markaziy hujumchi olib kelishni mo‘ljallamoqda, ammo bu ish anchadan beri amalga oshirilmay kelmoqda. 

Xarri Keyn o‘zining dubli bilan «Manchester Siti»dan ochko olib, chempionlik intrigasini qaytardi. Gvardiola o‘zining ajoyib jamoasi, hatto zaxirasida ham top darajadagi futbolchilar borligini bilan maqtana oladi. Ammo ularni APL chempionligi uchun asosiy da’vogar deb bo‘lmaydi.

Bugun «Manchester Siti» yo o‘z kuchini to‘liq ko‘rsatib, haqli ravishda g‘alaba qozonadi yoki so‘ngi 6 derbining 5 tasida ochko yo‘qotgan klub sifatida tarixda qoladi. Bu holatda «Liverpul»da yo Gvardiola jamoasiga yetib olish, yoki oradagi farqni bir ochkoga qisqartirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Mart oyi oxiri va aprel boshida Klopp Manchesterning ikki klubiga qarshi ikkita o‘yin o‘tkazadi. Aynan shu bahslar chempionlik taqdirini hal qilishi mumkin.

Manba: Soccer.ru
Kiritildi: 18:49, 06.03.2022.
O'qildi: 2344 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.