Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Rossiya tashabbusi bilan yangi futbol musobaqasi paydo bo‘lishi mumkin: unda o‘zbek klubi ishtirok etishi rejalashtirilgan

Rossiya tashabbusi bilan yangi futbol musobaqasi paydo bo‘lishi mumkin: unda o‘zbek klubi ishtirok etishi rejalashtirilgan

Baho:
+ | -

Rossiya sport vazirligida mamlakat sport federasiyalari vakillari bilan tezkor uchrashuv tashkil etildi, deb yozmoqda «Sport-Ekspress» nashri.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda sohaga e’tibor qaratish, taqvim rejasini belgilash, shuningdek, xalqaro turnirlarni o‘tkazish maqomi va shaklini o‘zgartirish chora-tadbirlari muhokama qilingan.

Mavjud vaziyatni muhokama qilish chog‘ida Rossiya sport tadbirlarining asosiy qismi MDH (Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston), shuningdek, BRIKS (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika) mamlakatlariga yo‘naltirilishiga qaror qilindi.

Rossiya ot sporti federasiyasi rasmiy saytida ushbu davlatlar bilan birgalikda sport ligalarini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani haqida xabar berilgan.

Shuningdek, futbol musobaqalarining tashkil etilishi ham aytilmoqda.

Rossiya futbol ittifoqi faxriy prezidenti Vyacheslav Koloskov MDH va BRIKS mamlakatlari bilan hamkorlikda yangi futbol musobaqasi tashkil etish yaxshi g‘oya ekani, biroq uni amalga oshirish oson bo‘lmasligini ma’lum qildi.

«Bu yaxshi, birlashtiruvchi va ilhomlantiradigan g‘oya. Unga qarshi hech narsa demoqchi emasman. Bu g‘oya yaxshi yoki yomonligini faqat amaliyot ko‘rsatadi. Biroq sport nuqtai nazaridan bunga shubham bor.

UEFA va FIFA bu musobaqaga qarshilik qilishi mumkin. Hozircha RFI va Belarus FF a’zolikdan chiqarilmagan. Biz u yerdagi qoidalarga bo‘ysunamiz. Bu kabi birlashmalar yaratish uchun FIFA va UEFA ruxsatini olish talab etiladi. Shunchaki boshlab yuborib bo‘lmaydi. Aks holda bizni a’zolikdan chiqarib yuborishlari mumkin», — deydi Koloskov.

Qayd etish kerak, ayni paytga kelib, dunyoning aksariyat xalqaro sport federasiyalari Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiya va Belarus sportchilarini musobaqalardan chetlatgan. Avvalroq FIFA Rossiya terma jamoasini JCH—2022 o‘tish o‘yinlaridan, UEFA esa rus klublarini Yevrokuboklardan chetlatgan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:30, 07.03.2022.
O'qildi: 6446 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик