Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

“Navbahor” “Surxon”ga qarshi bahslarda qanday natijalar qayd etgan? (prevyu)

“Navbahor” “Surxon”ga qarshi bahslarda qanday natijalar qayd etgan? (prevyu)

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 2-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” Samarqandda “Surxon” mehmoni bo‘ladi.  

Mazkur klublar shu kungacha milliy chempionatlarimiz tarixida o‘zaro 30 marta ro‘baro‘ kelishgan. Ushbu o‘yinlarning 20 tasida “lochinlar”ning qo‘li baland kelgan (bitta o‘yinda “Navbahor”ga texnik g‘alaba yozilgan),  6 tasida termizliklar g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 4 ta bahsda esa jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar farqi – 77-22, “Navbahor” foydasiga.

O‘zaro uchrashuvlarda “Navbahor” 64 ochko, “Surxon” esa 22 ochkoni qo‘lga kiritgan.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlardagi eng yirik - 9:0 hisobi 1997 yili Namanganda qayd etilgan. Ta’kidlash joizki, namanganliklar o‘tkazilgan 30 ta bahsning 12 tasida termizliklar ustidan yirik hisobda zafar quchishgan.

Mazkur klublarning Surxondaryoda bo‘lib o‘tgan bahslariga to‘xtaladigan bo‘lsak, jamoalar Termizda o‘zaro 15 marta kuch sinashishgan (2020 yili Toshkentdagi TTYMI stadionida bo‘lib o‘tgan bahs ham “Surxon” nominal mezbon bo‘lganligi bois, inobatga olindi).

Ushbu o‘yinlarning 6 tasida termizliklar g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 5 tasida namanganliklar zafar quchishgan, yana 4 ta bahsda esa durang natija qayd etilgan.

“Surxon” o‘z maydonida o‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlarda “Navbahor” darvozasini 18 marta ishg‘ol etgan bo‘lsa, namanganliklar termizliklar darvozasiga  25 ta to‘p kiritishgan.

Barcha uchrashuvlar qaydnomasi:

28.03.1992          “Surxon” – “Navbahor”  – 1:1
29.10.1992          “Navbahor” – “Surxon”  –  +:-
13.04.1994          ASK – “Navbahor”  –      2:3
13.11.1994          “Navbahor” - ASK   –   2:1
11.06.1995          “Navbahor” - ASK –     4:0
19.08.1995          ASK – “Navbahor” –    2:5
26.06.1996          “Navbahor” - ASK –     4:1
29.08.1996          ASK – “Navbahor” –    1:4
13.04.1997          “Navbahor” – “Surxon” – 9:0
04.10.1997          “Surxon” – “Navbahor” – 1:0
18.04.1998          “Navbahor” – “Surxon” – 5:0
08.10.1998          “Surxon” – “Navbahor” – 3:1
06.06.1999          “Navbahor” – “Surxon” – 1:0
14.08.1999          “Surxon” – “Navbahor” – 1:0
19.04.2000          “Surxon” – “Navbahor” – 3:3
30.09.2000         “ Navbahor” – “Surxon” – 5:0
23.06.2001          “Surxon” – “Navbahor” – 0:3
31.07.2001          “Navbahor” – “Surxon” – 7:1
28.04.2002          “Surxon” – “Navbahor” – 1:0
19.10.2002          “Navbahor” – “Surxon” – 1:0
14.05.2003          “Surxon” – “Navbahor” – 1:0
13.09.2003          “Navbahor” – “Surxon” – 2:1
15.03.2004          “Navbahor” – “Surxon” – 6:0
05.11.2004          “Surxon” – “Navbahor” – 0:4
21.04.2019          “Navbahor” – “Surxon” – 3:0
19.10.2019          “Surxon” – “Navbahor” – 0:0.
19.08.2020          “Surxon” – “Navbahor” – 1:1
20.11.2020          “Navbahor” – “Surxon” – 1:0
12.05.2021          “Navbahor” – “Surxon” – 2:0
03.10.2021          “Surxon” – “Navbahor” – 1:0.

Eslatib o‘tamiz, “Surxon” – “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 10 mart kuni Samarqanddagi “Dinamo” stadionida soat 18:30 da start oladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati. 

Kiritildi: 15:59, 09.03.2022.
O'qildi: 1644 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик