Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

“Manchester Yunayted”ni kim boshqaradi? Asosiy 3 nomzod bilan tanishamiz

“Manchester Yunayted”ni kim boshqaradi? Asosiy 3 nomzod bilan tanishamiz

Baho:
+ | -

“Manchester Yunayted” yangi bosh murabbiyni e’lon qilishga hozirlik ko‘rmoqda. OAV xabariga ko‘ra, mankunianliklarni boshqarish uchun asosiy 3 ta nomzod bor. Shu sabab bugun biz “qizil iblislar”ni kim boshqarishi mumkinligi haqida biroz fikr yuritishga qaror qildik.

Ralf Rangnik “Manchester Yunayted”ni boshqaruviga kelganida, nemis mutaxassisi o‘z ishini yaxshi bajarsa, yozda u bilan shartnoma uzaytirilishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar tarqalgan edi. Mart oyiga kelib, bu sodir bo‘lmasligi aniq bo‘ldi. Sababi “Manchester Yunayted” hozirda yomon o‘yin ko‘rsatmoqda, natijalari ham yaxshi emas va katta ehtimol bilan mankunianliklar mavsum oxirida Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan ham quruq qolishi mumkin. Qolaversa, murabbiy va futbolchilar o‘rtasigi munosabatlar ham yaxshi emas. Shuning uchun klub rahbariyati Rangnikni yozda bosh murabbiylik lavozimidan bo‘shatishini taxmin qilish mumkin.

Matbuot xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" nemis mutaxassisi o‘rniga nomzodlar ro‘yxatini tuzib chiqqan va asosiy uchta nomzod ro‘yxatini shakllantirgan. “Old Trafford” egalari “short-listi”dan “Ayaks” ustozi Erik ten Xag, “Chelsi”ning nemis murabbiyi Tomas Tuxel va “PSJ” bilan yaxshi natijalarga erisha olmayotgan Maurisio Pochettino joy olgan. Qizig‘i shundaki, bularning murabbiylik prinsiplari mutlaqo boshqa va uch xil yondashuvga ega, ammo shuni ham aytib o‘tish kerakki, ushbu mutaxassilarning barchasida futbolga nisbatan qarashlari bir xil.

Tomas Tuxel

Tuxel - bu nomzodlari ichidagi eng yaxshisi. U o‘tgan mavsum “Chelsi” bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Qolaversa, nemis mutaxassisi“ko‘klar” bilan Angliya Premyer-ligasida ajoyib o‘yin namoyish etmoqda, bu esa uning naqadarideal murabbiy ekanligidan dalolat beradi. To‘g‘ri, Tuxel bilan shartnoma imzolash “MYU” uchun qiyinroq bo‘ladi. Nemis "Chelsi"ni tark etishi mumkin, ammo hozircha bu aniq emas. Buyuk Britaniya hukumatining Roman Abramovichga nisbatan joriy qilgan sanksiyalari tufayli London klubi qanday muammolarga duch kelganini hamma biladi. Agar "Chelsi" parchalana boshlasa, Tuxelning London klubini tark etish ehtimoli paydo bo‘ladi. Agar “aristokratlar”tezda yangi rahbariyat qo‘liga o‘tsa va boshqa shunga o‘xshash muammolar bartaraf bo‘lsa, u holda nemis murabbiyi jamoada qolishi mumkin. Chunki Tomas London klubiga o‘rganib qolgan, u yerada o‘z jamoasini  tuzgan va vaziyat majbur qilmasa, boshqa ingliz klubiga ketishdan ma’no yo‘q.

Maurisio Pochettino

Bu ro‘yxatning ikkinchi o‘rnida "Tottenxem" bilan Chempionlar ligasi finaliga chiqqan Maurisio Pochettino bor. Uning nomi uzoq vaqtdan beri "Manchester Yunayted" bilan yonma-yon tilga olinib kelinmoqda. Biroq, "Old Trafford" egalari argentinalik mutaxassis nomzodini muhokama qilishsa, buning ijobiy va salbiy tomonlariga jiddiy e’tibor qaratishi kerakligi talab qilinadi. Ehtimol, Pochettino yozda "PSJ"ni tark etishi mumkin va aynan uning Parij klubidan ketish sabablari murabbiyni "Manchester Yunayted" rahbariyatining talablariga mos kelmasligi mumkin. Argentinalik mutaxassisning karyerasi unchalik o‘sish yo‘q. Garchi u "Sautgempton" va "Tottenxem"da yaxshi ishlagan bo‘lsa-da, mazkur jamoalar hali ham yetakchi maqomiga ega klublar ro‘yxatida yo‘q. Pochettino yulduzli tarkibi bor, jamoani kuchaytirish uchun dahshatli byudjetga ega klub — “PSJ”da ishlamoqda, lekin Maurisio Messi, Neymar va Mbappe kabi jahon darajasidagi futbolchilarga ega bo‘lsa-da,  muvaffaqiyat qozona olmayapti. Argentinalik Parij klubiga o‘z prinsiplarini singdirishga harakat qilmoqda, buni inkor etib bo‘lmaydi, lekin bu unchalik yaxshi natija bermayapti. Pochettino yulduzlar bilan yaxshi ishlay olmasligi haqida fikrlar mavjud. Bu kamchilik "Manchester Yunayted"da ishlaganda ham pand berishi mumkin. Argentinalik mutaxassisning “MYU” boshqaruviga kelishining plyuslardan bitta Premyer-ligada ishlash tajribasini qayd etish mumkin.

 

Erik ten Xag

Erik ten Xagga kelsak, uning “MYU” boshqaruviga kelishi ajoyib ishlardan biri bo‘lar edi. Ten Xag Gollandiyada haqiqatan ham kuchli “Ayaks”ni yarata oldi. Amsterdam klubi Chempionlar ligasining yarim finalida o‘ynadi. Qolaversa, ular joriy mavsumda ham yevrokubokda yorqin o‘yin namoyish etmoqda. Bundan tashqari, shuni ham ta’kidlash kerakki, ten Xag buni top darajadagi yulduzlarsiz amalga oshirdi va amalga oshirmoqda. Shundan xulosa qilish mumkinki, agar bu mutaxassis kuchli o‘yinchilar bilan ishlasa, ko‘plab muvaffaqiyatga erishishi mumkin.

 

Shuni ham aytib o‘tish kerakki, “Manchester Yunayted” hozirda shunchaki nomi mashhur murabbiyni emas, balki zamonaviy g‘oyalarga ega bo‘lgan tajribali mutaxassisni bosh murabbiylikkataklif etish haqida o‘ylayapti. Ser Aleks Fergyuson ketganidan beri "Old Trafford"da bunday murabbiy ishlamadi. Agar, taxminlarimiz o‘zini oqlasa, bu bu qora an’ana yozda yakuniga yetadi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 21:01, 15.03.2022.
O'qildi: 6286 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.