"Barselona" yarim himoyachisi Gaviga Yevropaning bir qator grand klublari qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Fabrisio Romano o‘z Twitter sahifasida xabar berishicha, "Liverpul" Gaviga yiliga 7 million yevrolik shartnoma taklif qilgan. Futbolchi hali bu taklifga javob bergani yo‘q.
Ma’lumot uchun, 17 yoshli ispaniyalik futbolchining "ko‘k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida nihoyasiga yetadi. Uning transfer narxi taxminan 40 million yevroga baholagan.