Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Nikola Lazarovich: «Peshqadam bo‘lsak-da, «Dinamo»ga qarshi durangdan qoniqdim»

Nikola Lazarovich: «Peshqadam bo‘lsak-da, «Dinamo»ga qarshi durangdan qoniqdim»

Baho:
+ | -

Superliga 3-turi doirasidagi «Dinamo» - «Qizilqum» (0:0) uchrashuvidan keyin Navoiy jamoasi bosh murabbiyi Nikola Lazarovich jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Samarqanddagi o‘yin kutganimizdek juda og‘ir kechdi. Birinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qildik, ikkinchi bo‘limda esa biroz ustunlik «Dinamo»da bo‘ldi. Gol urish uchun ikki jamoada ham imkoniyatlar bo‘ldi, ammo durang o‘yinga mos, menimcha.

- «Qizilqum» o‘yinidan va bugungi natijadan qay daraja qoniqdingiz?
- Bugun omadimiz keldi, hozir ham Superliga turnir jadvalida 1-o‘rindamiz. Shunga qaramay, biz eyforiyaga berilmaymiz, o‘yindan-o‘yinga ochko yig‘ib boramiz.

- «Qizilqum» bu o‘yin oldidan ham peshqadam, «Dinamo» esa so‘nggi o‘rinda edi. Bugun jamoangiz bir ochko qo‘lga kiritdimi yoki ikki ochko yo‘qotdimi?
- Raqiblarga qarshi o‘yin oldidan hech qachon uning qaysi o‘rinda ekaniga ahamiyat bermayman. Bugungi o‘yinda kutganimdek raqib bizga ko‘p imkon bermadi. O‘z vaziyatimizni kutdik, ammo undan foydalana olmadik. Shunday ekan, natija o‘yinga mos deyishim mumkin.

- Ya’ni, natijadan qoniqdingiz?
- Ha, albatta, durang natijadan qoniqdim. Ammo biz hali o‘z o‘yinimiz ustida yana ishlab, turdan-turga o‘sib borishimiz kerak.

- Jamoaning o‘z uyi Navoiyda o‘yin o‘tkazmayotgan klubga qanday ta’sir qilmoqda?
- Buning ta’siri bor, albatta. Doimiy safarlarda yurish oson emas.

- Raqib jamoa «Dinamo» haqida fikringiz?
- Bu haqdagi fikrimni raqib jamoadagi hamkasbim Predragga ham aytdim. «Dinamo» yaxshi jamoa, hali Superliganing ko‘p jamoalariga muammo tug‘dira oladi. Tarkibda yosh o‘yinchilar bor, ular esa o‘yin davomida o‘zlarini nimalarga qodirligini ko‘rsatishdan charchashmaydi. Ayniqsa, Samarqandda «Dinamo»ga qarshi boshqa klublarga ham oson bo‘lmaydi.

Manba: "Динамо" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 23:45, 17.03.2022.
O'qildi: 1218 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик