Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese 2-2 Kalyari
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna

Elmira Gulyamova: «Bunyodkor-W» doim faqat g‘alaba uchun maydonga tushadi»

Elmira Gulyamova: «Bunyodkor-W» doim faqat g‘alaba uchun maydonga tushadi»

Baho:
+ | -

Ayollar Superkubogi oldida matbuot anjumani o‘tkazildi. Anjumanning dastlabki qismida “Bunyodkor-W” bosh murabbiyi Elmira Gulyamova va futbolchilar Lyudmila Karachik hamda Umida Zoirova ishtirok etdi.

-  “Bunyodkor-W” jamoasi ko‘p yillardan buyon faqat yuqori o‘rinlar uchun harakat qilib keladi. Shunday ekan, ertangi bellashuvda ham jamoamiz jangovar ruhda maydonga tushadi. To‘g‘ri o‘tgan mavsum kubok finalida mag‘lub bo‘lgan edik. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, o‘sha uchrashuvga biroz charchagan holatda yetib kelgan edik. Boisi, Iordaniyada o‘tgan ayollar jamoalari o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etdik. Qolaversa, tarkibda yo‘qotishlar bor edi. Hujumdagi asosiy qurolimiz bo‘lgan Lyudmila Karachik jarohati sabab, o‘sha bellashuvni o‘tkazib yuborgan, jamoadagi ruhiyat ham u qadar yaxshi emas edi edi. Finalda ushbu omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatgandi.

Dildora Nozimova, Saida Galimova kabi yetakchilarning jamoamizni tark etishi, albatta, biz uchun katta yo‘qotish bo‘ldi. Ular katta tajribaga egalar. Ammo futbolchi ketishni istaganida, uni majburan ushlab qololmaymiz. Dilrabo Asadovaga Qozog‘istondan takliflar bo‘ldi. Bunday futbolchilarning jamoamizni tark etishi afsuslanarli. Buni yaxshi jihati ham bor, tarkib 60-70 foizga yosharganini qayd etish joiz. Afsuski, mavum avvaliga qadar tarkibni o‘zim istagan darajada shakllantira olmadim. Buning uchun vaqt ham, moliyaviy imkoniyat ham bo‘lmadi. Lekin bu “Bunyodkor-W” chempionlik uchun kurashmaydi, degani emas. Biz har doim o‘z oldimizga yuqori maqsadlarni qo‘yamiz. Jamoa imijini saqlab qolishga intilamiz.

“Bunyodkor-W” 2018 yildan buyon o‘zbek futbolida katta yuqutlarga erishib kelmoqda. Bundan keyin ham shunday maqsadlar qo‘yiladi. Ertaga Superkubokni qo‘lga kiritish uchun maydonga tushamiz.

Lyudmila Karachik: - Yangi mavsumga tayyormiz. Maqsadimiz - g‘alaba qozonish. Tarkibda o‘zgarishlar bor, ammo u qadar katta emas. Jarohatdan tiklanib ulgurdim, ertangi bahsga 100 foiz tayyorman.



Umida Zoirova: - Biz Superkubokda birinchi marta o‘ynamayapmiz. Bu borada tajribaga egamiz. “So‘g‘diyona-W” tarkibidagi legionerlar? Ular ham o‘zimiz singari futbolchilar. Tarkib kuchaygandir, lekin biz ham ulardan kam emasmiz.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 16:04, 18.03.2022.
O'qildi: 1159 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.