Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Chempionlar ligasining chorak finalidagi uchrashuvlari haqida

Chempionlar ligasining chorak finalidagi uchrashuvlari haqida

Baho:
+ | -

Kecha Chempionlar ligasi chorak final juftliklari aniqlandi.

Uch oy oldin, ehtimol, UYEFA va Chempionlar ligasi tarixidagi eng eng shov-shuvli qur’a bo‘lib o‘tdi. 1/8 final bosqichida cheklovlar mavjud edi - bir mamlakat vakili, shuningdek, bir guruhda o‘ynaydigan jamoalar bir-birlari bilan uchrasha olmaydi. Barcha variantlarni hisoblash uchun odatda marosim mezbonlariga yordam berish uchun kompyuter dasturi ishlatiladi, ammo o‘sha paytda dasturda xatolik ketdi. Natijada qur’a tashlash uchun masul bo‘lgan Andrey Arshavin UYEFAning Nyondagi qarorgohida ikkinchi bor sahnaga chiqishga majbur bo‘ldi.

Kechagi qur’ani "Manchester Yunayted" va Fransiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Mikayel Silvestr amalga oshirgan, chunki endi final Sankt-Peterburgda emas, Parijda bo‘lib o‘tadi.

Endi hech qanday nosozliklar bo‘lishi mumkin emasdi. Chorak finalda va Chempionlar ligasining keyingi bosqichlarida klublarga hech qanday cheklovlarni nazarda tutmaydi - mutlaqo ochiq qur’a. Shu bois, faqat bitta kuchli afisha paydo bo‘lganligi biroz ajablanarli - "Real Madrid" "Chelsi"ga qarshi o‘tgan yilgi yarim finalning takrori.

To‘g‘ri, endi hech kim "Chelsi" aprel oyining birinchi dekadasida qanday holatda bo‘lishini bilmaydi. 18 mart kuni sanksiyalar ostida qolgan Roman Abramovichdan klubni sotib olish uchun rasmiy arizalarni topshirish muddati tugaydi, Britaniya hukumati va sotuvga rahbarlik qilayotgan Raine Group banki voqeani uzoqqa cho‘zmaslikka qaror qildi. aprel oyining boshiga qadar bunday keng ko‘lamli bitim yopilishi ehtimoldan yiroq emas.

Unga qadar Britaniya rasmiylari tomonidan "Chelsi"ga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilinadimi-yo‘qmi, asosiy savol shu. Londonliklar mehmon jamoa uyiga borish uchun 20 ming funt sterlingdan ortiq mablag‘ sarflay olmaydi. Bu pulga xatto butun delegasiya uchun arzon aviachiptalarni ham sotib ololmaysiz. Ular Manchester yoki Liverpulga avtobus yoki poyezdda bemalol borishi mumkin. Ammo Madridga shunday yetib borishning iloji yo’q. Garchi Kay Xavers "Lill" bilan javob o‘yini oldidan yo‘l haqini o‘zi to‘lashga tayyorligini aytgan bo‘lsada. Ehtimol, bu yagona yechim bo‘lar.

Bu holat futbol sifatiga ta’sir qilmasligini barcha futbol muxlislari xohlasa kerak. Bir yil oldin yarim finallar ajoyib bo‘lgandi. Bu yilgi Karim Benzemaning olovli formasi va Vinisius Juniorning muvaffaqiyatli o‘yini uchrashuv saviyasini yana-da oshishiga sabab bo‘ladi.

"Manchester Siti" va "Atletiko" o‘rtasidagi o‘yinlar ham juda qiziqarli bo‘lishi kerak. Diyego Simeone jamoasi Angliyaga autsayder sifatida kelib, mahalliy top-klublarni Chempionlar ligasidan chiqarib yuborishni yaxshi ko‘radi. Ikki yil oldin ular "Enfild"da "Liverpul"ni yrnggan bo‘lsa, endi "Manchester Yunayted"ni Krishtianu Ronaldusi bilan qo‘shib turnirdan chiqarib yuborishdi.

"Siti" o‘yin darajasi bo‘yicha "Yunayted"dan ancha ustun, ammo "Atletiko" so‘nggi yillarda o‘z o‘yinini biroz yo’qotgan bo‘lsa-da, Simeone jamoasi maydonda tinmay mehnat qilishni unutmagan. Sabr-toqatsiz "Siti"dan o‘tib bo‘lmaydi – agar siz "Liverpul" bo‘lmasangiz. Agar kimdir unutgan bo‘lsa, 2016 yilda madriklilar yarim finalda Pep Gvardiola boshchiligidagi "Bavariya"ni mag‘lub etishgan. Lekin nima bo‘lganda ham, "Atletiko"ni yarim finalda ko‘rish hech kimni ajablantirmaydi.

Kiritildi: 11:54, 19.03.2022.
O'qildi: 3160 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.