Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Mourinyoning «Lasio»ga qarshi o‘yindan oldingi fikrlari va u haqda qisqacha

Mourinyoning «Lasio»ga qarshi o‘yindan oldingi fikrlari va u haqda qisqacha

Baho:
+ | -

«Roma» bosh murabbiyi Joze Mourinyo muhim derbi oldidan OAVga murojaat qildi. Portugaliyalik mutaxassis Maurisio Sarri va uning jamoasi bilan muxlislarga to‘la stadionda to‘qnash keladi.

Yaqinda chiqqan mish-mish xabarlar va Pellegrinining kasalligiga oydinlik kiritish maqsadida Mourinyo shunday dedi: "Pellegrini bugun hech qanday muammolarsiz mashg‘ulot o‘tkazdi va o‘yinda maydonga tushadi. Bu derbi. Bu boshqa o‘yinlar kabi bahs emas. Hayotimda juda ko‘p derbilarda qatnashganman va bunday hissiyotlarga o‘rganib qolganman".

"Muxlislar bilan to‘lgan stadionda hissiyotlar yanada yaxshi bo‘ladi. Bir qancha vaqt ishqibozlar bunday o‘yinlarga kela olishmadi, ammo hozir o‘yinchilar kabi stadionda. Ikki dunyo birlashadi va bu muxlislarning ham derbisi bo‘ladi. Muxlislarsiz futbol, futbol emas. Ishqibozlarsiz derbi, derbi emas", - deya qo‘shimcha qildi Mourinyo.

Zemanning yaqinda tanqidiy fikriga Mourinyo bosh chayqagan holda kulib qo‘ydi: "Javob bera olmayman. Men 25 sovrinni yutganman, Zeman esa 2 marta B Seriya chempionligini qo‘lga kiritgan. Trappatoni kabi insonlarning tanqidini tushunaman, Zemanning emas".

Derbi uchun jamoaning yondashuvi haqida: "To‘g‘ri yondashuv doim muhim bo‘lib keladi. Har doim, faqat derbida emas. G‘alaba qozonayotgan bo‘lsangiz, natijani o‘z foydangizga saqlab qolish uchun kuchga ega bo‘lishingiz shart. Mag‘lubiyatga uchrayotganingizda, oxirigacha nimadir qo‘lga kiritish uchun kuchga ega bo‘lishingiz talab etiladi", - deya fikr bildirdi Joze.

Shu o‘rinda bir fikr kelib qoldi. Joze Mourinyo ko‘pincha o‘zining g‘ayrioddiy fikrlari, matbuot anjumanlarida o‘zini ko‘rsatishi bilan ham ancha mashhur. Lekin, uning «Inter» va «Chelsi» jamoalari, keyinchalik «MYU»dagi natijalarini ham esdan chiqarmaslik kerak. To‘g‘ri, uning ham davri o‘tgan bo‘lishi mumkin. Ammo, qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan faxrlana oladigan mutaxassis sifatida yodda qolsa kerak.

Futbol mana shunday mutaxassislar bilan ham yanada jozibali, turlicha ko‘rinishga keladi. Taktika va futboldan tashqari uning atrofida bo‘layotgan vaziyatlarga boshqacha fikr bera oladigan insonlar ham kerak aslida. Joze Mourinyoni murabbiy sifatida hurmat qilaman, garchi uning xarakteri og‘ir bo‘lsa ham. Nima bo‘lganda ham Shomurodov va uning jamoadoshlariga portugaliyalik murabbiy bilan ishlashda omad tilagan holda «Roma» va «Lasio» o‘yinini kuzatib borishga taklif qilaman. Rim derbisi haqiqatan ham o‘zgacha o‘tishiga ishonyapman.

Nodir Abdurasulov

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:42, 20.03.2022.
O'qildi: 1927 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.