Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/06 19:30 Bunyodkor 0-3 Neftchi
02/06 00:00 Borussiya D 0-2 Real Madrid
02/06 19:00 Andijon - Paxtakor
02/06 19:30 Nasaf - Lokomotiv
02/06 21:00 Atalanta - Fiorentina

"Klasiko"dagi mag‘lubiyat "Real Madrid"ga bu yozda Kilian Mbappening o‘zi yetarli emasligini ko‘rsatdi

"Klasiko"dagi mag‘lubiyat "Real Madrid"ga bu yozda Kilian Mbappening o‘zi yetarli emasligini ko‘rsatdi

Baho:
+ | -

Qirollik klubining rejasi qanday?

"Real Madrid" muxlislari "Barselona" avtobusini "Santyago Bernabeu"ga kiraverishda: "Sevimli Lionel Messi qayerda?" so‘zlari bilan kutib oldi. Aftidan, azaliy raqiblar eng yaxshi o‘yinchining yo‘qligi va shu bilan birga ular yaqinda Chempionlar ligasida Messi va "PSJ" bilan qanday munosabatda bo‘lganliklarini eslashdi. Garchi ular Karim Benzemaning qayerdaligi haqida qayg‘urishsa yaxshiroq bo‘lardi. Fransiyalik hujumchining jarohati "Real"ni har tomonlama, ham o‘yinda, ham hissiy jihatdan orqaga tortdi.

Karlo Anchelottining g‘alati qarorlari halokatli bo‘ldi, "Barselona" "Real Madrid"dan eng qimmatli narsani aniqlik bilan olib qo‘ydi. Madrid kulgili tarzda tarqoq ko‘rindi - Modrich yolg‘on to‘qqizlik pozisiyada, Vinisius va Rodrigo keng qanot pozisiyalarida, jamoadoshlaridan "kilometrlar" uzoqda qolib ketdi. Xavining kuchayib borayotgan jamoasi mavsum tugashiga ikki oy qolganda La Liga yetakchilarining o‘ziga bo‘lgan ishonchini tortib olib, oqsoqlangan "Real"ni mag‘lub etdi.

"Madrid"ning chempionatdagi eng yaqin ta’qibchisidan ustunligi – 9 ochko va bu hali chempionat tugashiga 9 tur qolganda katta zaxira hisoblanadi. "Real"ning "Barselona"ga mag‘lubiyati xalqaro pauza oldidan so‘nggi turga to‘g‘ri keldi. Futbolchilar terma jamoalarga boradi, murabbiylar shtabi esa xatolarni tahlil qilib, inqirozga qarshi choralar ishlab chiqishga ulguradi. "Real Madrid" chempionlikni qo‘ldan boy bermasligi kerak, ammo buning uchun "qaymoqranglilar" konsentrasiyani yo‘qotmasligi zarur.

"Klasiko"dan oldin ham bu haqda ishoralar bor edi, ammo hozir "Real Madrid" butun mavsum davomida turnir jadvalida peshqadamlik qildi va jamoa rivojlanmadi, faqat vaziyatlarga munosabat bildirildi. Anchelotti tavakkal qilmadi, bir o‘yinni deb mavsumni boy berishni istamadi.

Kimdir individual tarzda o‘sdi, ammo Madrid jamoa sifatida kuchaymadi. O‘yinchilarning bir jihatidan foydalanish rivojlanish imkoniyatini cheklaydi. Anchelotti maydonga eng kuchli tarkibni tashlasa, "Real Madrid" baribir har qanday raqibni mag‘lub eta oladi, ammo mavsum oxirida barcha yetakchilar sog‘lom va yuqori formada bo‘lish imkoniyati kamayib boraveradi. Benzema bilan "Barselona"na qarshi o‘yin boshqacha bo‘lishi mumkin edi, ammo uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan futbolchining jamoada yo‘qligi bugungi "Real"ning haqiqiy fojeasi.

Ikki qutbli Real Madrid

Haqiqatan ham, "Benzema time" oldidan "PSJ" bilan Chempionlar ligasidagi duel "klasiko"dagidan unchalik farq qilmasdi. Farqi shundaki, "PSJ" o‘z imkoniyatlarini "Barselona" kabi yakunlay olmadi. Ikki o‘yin davomida "Real Madrid" yomon o‘ynadi, ammo keyin Benzema Janluiji Donnarummaning dahshatli xatosidan unumli foydalandi, bu Maurisio Pochettinoning psixologik jihatdan beqaror jamoasini buzdi va mo‘jizaviy kambekka olib keldi.

"El-Klasiko"da qaysidir pallada Madridning o‘zi "buzilib" ketdi, o‘yinni quvnoq boshladi, lekin taktik qarorlar qurboni bo‘ldi. Bir yarim haftalik farq bilan Karlo Anchelotti jamoasi ikki xil vaziyatga tushib ko‘rdi.

Bu yondashuv "xameleon effekti"ni oldindan belgilab beradi: g‘alaba resepti uchun zarur bo‘lgan barcha ingrediyentlar mavjud bo‘lganda, ular ajoyib o‘ynashlari mumkin, ammo eng asosiy "masalliq" Benzema yo‘qolsa, jamoa tuzsiz ovqatga o‘xshab qoldi.

O‘tgan mavsumning burilish nuqtasi Chempionlar ligasi yarim finalida "Chelsi"dan qabul qilib olingan mag‘lubiyat bo‘lgandi. Keyin rahbariyat jamoa charchagani va o‘zgarishlarga muhtojligi haqida ko‘p gapirdi, ammo Anchelotti qo‘l ostidagi mavsumning muvaffaqiyatli boshlanishi hammasini unutishga majbur qildi. Karlo esa o‘zgarishga intiladigan murabbiy emas. O‘tgan yozda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar yangilik effekti illyuziyasini yaratdi.

O‘z-o‘zidan markaziy himoyachilar juftligini shakllantirildi Eder - Alaba, qaysidir vaziyatlarda Vinisius o‘zi kutmagan yuqori o‘yinni namoyish qildi. Biroq, asosiy muammolar yo‘qolmadi. Balki o‘tgan yozda Mbappe bilan shartnoma imzolamagani ham yaxshi bo‘lgandir, chunki bunday mahoratli futbolchi fonida "Real Madrid"ning jamoaviy o‘yini yana-da yo‘qolib ketishi mumkin edi.

Endi hech bo‘lmaganda bitta muhim fikr bor: Madrid o‘z futbolida juda kam va yomon o‘ynaydi va katta o‘yinlarda raqiblarning xatolarini kutadi. "PSJ"ning xatolari "qaymoqranglilar"ga Chempionlar ligasi chorak finaliga yo‘l ochdi, "Barselona" esa adashmadi va biz "Real"ning real holatini ko‘rdik.

Jamoaviy "Real" boshqa o‘yinlarda aqlli reaksiya ko‘rsatadi va yashil maydon ichida original yechimlarni topadi, biroq yuqorida "yuz martalab" ta’kidlaganimizdek, aniq ko‘rsatmalarning o‘zi hozirgi jamoaga begona bo‘lib qolgan. Kilian Mbappe shu yozda "Santyago Bernabeu"ga keladi, ammo "Real Madrid" hujum chizig‘ini yana-da mukammal holatga keltirish uchun bir futbolchi yetarli bo‘lmasligi mumkin. Ular sistematik o‘zgarishlarga muhtor. Ochig‘ini aytganda bugungi Anchelotti bunga tayyor emas. Balki sobiq "Real"chilar orasidan yangi murabbiy izlash kerakdir...

Kiritildi: 12:41, 23.03.2022.
O'qildi: 4550 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.