«Barselona» hujumchisi Ansu Fati jarohatidan tuzalishga yaqin turibdi.
19 yoshli Ispaniya terma jamoa a’zosi 2 oyni o‘tkazib yubordi, lekin tez orada jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shilishi kutilmoqda.
Fati «Ayntraxt»ga qarshi o‘tadigan javob bahsida yoki 17 aprel kuni «Kadis» bilan La Liga doirasidagi bahsda maydonga tushishi mumkin.