Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Futbol agenti: «Rossiyalik futbolchilar uchun O‘zbekiston chempionati yaxshi variant»

Futbol agenti: «Rossiyalik futbolchilar uchun O‘zbekiston chempionati yaxshi variant»

Baho:
+ | -

Rossiyalik futbol agenti Pavel Nesterov Sport24 muxbiri bilan suhbatda xorijda o‘ynashni istagan rossiyalik futbolchilar uchun qaysi chempionat yaxshi variant ekanini aytdi.

"Men bu masalada O‘zbekistonni ajratib ko‘rsatgan bo‘lardim. U yerda futbol darajadasi o‘smoqda, yangi yulduzlar paydo bo‘lmoqda, klublar ham yaxshi maosh to‘lamoqda. E’tiborli tomoni, legioner futbolchilarga maosh dollarda to‘lanmoqda. Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etishni istagan o‘zbek klublari rossiyalik kuchli futbolchilarga oyiga 15-25 ming dollar to‘lashga tayyor, deb o‘ylayman.

Shuningdek, Ozarboyjon varianti ham bor. Bu mamlakatda ham bir nechta boy klublar bor. Armaniston varianti ham mavjud, ammo u yerdagi klublar boy emas. Qozog‘istonni ham aytishim mumkin, boz ustiga, bu davlatda rossiyalik futbolchilar legioner hisoblanishmaydi. Biroq Qozog‘istonning iqtisodiyoti Rossiyanikiga bog‘liq. Bundan tashqari, siyosiy vaziyat ham barqaror emas. Masalan "Qayrat" klubi xo‘jayini Qayrat Bo‘ranbayev hibsga olindi. Shu bois, qozoq klublari iqtisodiy jihatdan "o‘tirishi"ni kutyapman. Yaxshi pul to‘laydigan faqat 2-3ta jamoa qoladi.

Xulosa qiladigan bo‘lsa, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarboyjon chempionatlariga rossiyalik futbolchilarning o‘tishini kutish mumkin. Bular safiga Turkiya va Xitoy ligalarini ham qo‘shish mumkin.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 15:29, 24.03.2022.
O'qildi: 4589 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик