Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zbekiston U-20 jamoasidan nazorat o‘yinida g‘alaba

O‘zbekiston U-20 jamoasidan nazorat o‘yinida g‘alaba

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi “Chig‘atoy” sport majmuasida Ravshan Haydarov murabbiyligidagi O‘zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida navbatdagi o‘quv mashg‘ulot yig‘inini davom ettirmoqda.

Kecha yoshlar terma jamoamiz ko‘rik nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Sparring raqib “Bunyodkor U-21” jamoasi bo‘ldi. Qiziqarli o‘tgan o‘yinda O‘zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasining qo‘li baland keldi.

O‘yin 3:2 hisobida O‘zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ravshan Haydarov shogirdlari 26 mart sanasida ikkinchi nazorat o‘yinini “Metallurg” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 10:23, 25.03.2022.
O'qildi: 1110 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.