Kirish Ro'yxatdan o'tish

Avstriya terma jamoasi bosh murabbiyi iste’foga chiqariladigan bo‘ldi

Avstriya terma jamoasi bosh murabbiyi iste’foga chiqariladigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

Franko Foda Avstriya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etadi.

Mamlakat futbol federasiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 55 yoshli mutaxassis uchun Avstriya terma jamoasidagi so‘nggi uchrashuv - Shotlandiya bilan o‘rtoqlik bahsi bo‘ladi.

Foda Avstriya terma jamoasini 2017 yildan beri boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida terma jamoa Yevro-2020ga chiqdi va 1/8 finalda Italiyaga mag‘lub bo‘ldi.

JCH-2022 saralash bosqichi doirasida Avstriya pley-off yarim finalida Uels (1:2) terma jamoasiga imkoniyatni boy berib, JCHdan mosuvo bo‘ldi.

Kiritildi: 18:58, 28.03.2022.
O'qildi: 1054 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик