Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

O‘zbek futbolchilari kelishilgan o‘yinlar haqida mobil ilova orqali xabar berishi mumkin

O‘zbek futbolchilari kelishilgan o‘yinlar haqida mobil ilova orqali xabar berishi mumkin

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

So‘nggi yillarda kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash hamda ularning oldini olish borasida jiddiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O‘zPFL kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash bo‘yicha O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi bilan yaqindan hamkorlik olib bormoqda. O‘FA qoshida yuqoridagi kabi holatlarni aniqlash maqsadida alohida maxsus inspeksiya tashkil qilingan bo‘lib, mazkur inspeksiya bu borada qator dalillar to‘plab bormoqda.

2020 yilning 11 sentyabr kuni FIFA va Xalqaro Professional futbolchilar assosiasiyalari federasiyasi (FIFPRO) o‘rtasida kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash bo‘yicha kelishuv imzolangan. Mazkur kelishuv doirasida Players Red Button (futbolchilarning qizil tugmasi) ilovasi ishlab chiqilgan. Ushbu ilova smartfonlarga o‘rnatiladi va undan faqatgina professional futbolchilar foydalanadi. Ilova yordamida futbolchi kelishilgan o‘yinlar bilan bog‘liq holat yoki ma’lumotlarni sezgan taqdirda, bu haqida ismi oshkor etilmasdan, xavfsiz va anonim tarzda xabar berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shundan kelib chiqib, O‘zPFL Futbolchilar uyushmasi bilan hamkorlikda Ishchi guruh tashkil qildi. Ishchi guruh Players Red Button ilovasi haqida klublar futbolchilariga tushuntirish ishlarini olib boradi hamda futbolchilarga ushbu ilovadan foydalanish ko‘nikmalarini o‘rgatadi.

Qolaversa, Coca-Cola Superliganing 4-turi doirasida maxsus aksiya o‘tkaziladi. Unda uchrashuvlar oldidan jamoalar futbolchilari hamda hakamlar brigadasi Red Button ilovasi fonidagi “Halol futbol” shiori ostida birgalikda suratga tushadi va kelishilgan o‘yinlarga qarshi birgalikda kurashishga chorlashadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 13:51, 29.03.2022.
O'qildi: 1154 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик