Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Grilish raqib futbolchisi maydondan chetlatilmasligini bosh hakamdan so‘radi

Grilish raqib futbolchisi maydondan chetlatilmasligini bosh hakamdan so‘radi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jek Grilish Angliya - Kot-d’Ivuar uchrashuvi bosh hakamidan himoyachi Serj Oryeni maydondan chetlatmaslikni so‘radi.

Uchrashuv bosh hakami esa Angliya terma jamoasi yarim himoyachisining so‘rovini amalga oshirmadi.

Orye birinchi bo‘limning o‘rtasida Grilishga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun birinchi sariq kartochkani oldi. Uchrashuvning 40-daqiqasida hakam unga gapirgani uchun ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatdi. Jek Grilish hakamga yaqinlashib, raqib futbolchisini maydondan chetlatmaslikni so‘radi.

«Men uning maydonda qolishini xohladim, chunki bu o‘rtoqlik o‘yini edi. O‘n bir kishiga qarshi o‘ynaganingizda biroz ko‘proq tajriba olasiz. Bu biz uchun katta sinov bo‘lardi”, dedi Grilish.

Angliyalik futbolchi belgiyalik hakam Erik Lamrexts oldiga borib: «Keling, maydondan qolsin, chetlatmang» - dedi.

Hakam Grilishning so‘zlariga quloq solmay, Kot-d’Ivuar himoyachisidan maydonni tark etishni talab qildi.

Kiritildi: 13:56, 30.03.2022.
O'qildi: 2369 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик