Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Murod To‘ychiboyev: «Surxon»ga o‘tib, adashdim...»

Murod To‘ychiboyev: «Surxon»ga o‘tib, adashdim...»

Baho:
+ | -

Mavsum-2021ni Gruziya chempionati ishtirokisi «Torpedo» (Kutaisi)da boshlab, keyinchalik «Surxon» safiga qo‘shilgan himoyachi Murod To‘ychiboyev bu yil yana xorijda o‘ynashni ixtiyor etdi. Aniqroq aytsak, Qirg‘iziston chempionatiga yo‘l olgan futbolchi «Alay» bilan shartnoma tuzdi. Xo‘sh, To‘ychiboyev nimaga aynan qo‘shni mamlakat jamoasiga ketdi?

- Murod, «Alay» bilan yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni qanday kechdi?

- Barchasi a’lo darajada. Klub rahbariyati o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini ko‘ngildagidek tashkillashtirdi. Xususan, yurtimizda bo‘lib, bir qator kuchli jamoalar bilan nazorat o‘yinlari o‘tkazdik. Misol uchun, Namanganda «Navbahor»ga qarshi maydonga tushdik. Xullas, tayyorgarlik jarayoni zo‘r o‘tdi.

- Aytingchi, yangi klubingiz oldiga qanday vazifalar qo‘yilgan?

- «Alay» - Qirg‘iziston chempionatidagi kuchli jamoalardan biri. Shunga muvofiq, vazifalar ancha jiddiy - mamlakat chempionati va kubogida g‘alaba qozonishimiz kerak. Ichki arenada «Dordoy» bilan keskin raqobat bor. Asosiysi, «Alay» OFK kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi shart.

- Qiziq, o‘zi «Alay» varianti qanday yuzaga keldi?

- Albatta, agentlar vositachiligida. Aslida bir qator klublardan aniq takliflar oldim. Shu orada agentlar «Alay»dan jiddiy qiziqish borligi, jamoa bosh murabbiyining shaxsan o‘zi meni o‘z jamoasida ko‘rishni istayotganini ma’lum qilishdi. Barchasini taroziga solib ko‘rgach, oilam bilan maslahatlashib, ijobiy javob berdim. Xususan, «Alay»ning o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘ygani qiziqtirib qo‘ydi.

- Jamoada sizdan boshqa legionerlar ham bormi?

- Ha, jamoa xorijlik 4 nafar futbolchi bilan shartnoma tuzgan. Ulardan ikkisi Ganadan, yana o‘zimizdan darvozabon ham bor. Sharoitlar yaxshi - bizga alohida kvatira berildi. Hozir oilam ham yonimda. 

- Eshitishimizcha, qishda Gruziya va Tailand klublaridan ham takliflar olgansiz. Nima, ular moddiy tomondan yaxshiroq emasmidi?

- Ha, Gruziya, Tailand va Hindiston jamoa­lariga chorlashdi. Taklif etilgan shartnomalar moliyaviy jihatdan chakki emasdi. Ayniqsa, Tailand va Hindiston klublariniki. Biroq ayrim sabablar tufayli kelishuv amalga oshmadi. Natijada «Alay» taklifini qabul qildim. Qolaversa, Osh shahrining uyimga nisbatan yaqin ekanligi ham ma’qul keldi.

- «Surxon»da qisqa muddat o‘ynadingiz. Nima o‘xshamadi?

- To‘g‘risi, Termizdagi faoliyatimdan umuman qoniqmadim. Chunonchi, jarohat tufayli ancha vaqt chetda qoldim. Bundan tashqari, jamoa safiga katta va’dalarga ishonib, yaxshi niyat bilan qo‘shilgandim. Biroq amalda faoliyatimdagi eng yomon mavsumlardan birini o‘tkazdim. Vaholanki, Gruziya chempionatida hammasi binoyidek kechayotgandi.

- Demak, «Surxon» safini to‘ldirganingizdan afsuslanasiz...

- Yashirmayman, bu - faoliyatimdagi eng katta xato qarorlardan biri.

- Oldin ham milliy chempionatimizda o‘ynagandingiz. Keyin xorijda to‘p surib qaytdingiz. Aytingchi, bu orada Superliga nechog‘li o‘zgaribdi?

- O‘zbekiston chempionatiga 3 yillik tanaffusdan so‘ng qaytdim, jarohatlanganimga qaramay, oz-moz o‘ynadim. Biroq katta o‘zgarishni sezganim yo‘q. Milliy jamoamizning JCH saralashi yakuniy bosqichiga ham chiqolmagani sababi shudir balki...

IZZATBEK suhbatlashdi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:00, 31.03.2022.
O'qildi: 1678 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.