Moskvaning «Spartak» klubi himoyachi Ayrton Lukasning jamoadan ketganini e’lon qildi.
Ayrton faoliyatini Braziliyaning «Flamengo»sida davom ettiradi. Bu haqda «qizil-oqlar» matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ayrton «Spartak»da 2019 yildan beri o‘ynab kelmoqda. U Domeniko Tedesko qo‘l ostida RPLning kumush medallarini qo‘lga kiritdi.