Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

«Bunyodkor» — «Dinamo» o‘yinida yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar yuzasidan ekspertlar xulosasi e’lon qilindi (video)

«Bunyodkor» — «Dinamo» o‘yinida yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar yuzasidan ekspertlar xulosasi e’lon qilindi (video)

Baho:
+ | -

O‘FA Hakamlar bo‘limi Coca-Cola Superligasining 4-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» — «Dinamo» (2:1) uchrashuvidagi hakamlar qarorlari bo‘yicha xulosalarini taqim etdi.

Unga ko‘ra, o‘yinning 30 va 79-daqiqalarida «Bunyodkor» jamoasi hujum tashkil qilganida to‘p raqibning qo‘liga tegdi. Jarima maydonchasi ichida sodir bo‘lgan vaziyat ehtimoliy penalti sababli VAR hakamlari tomonidan ko‘rib chiqildi va bosh hakamga holatni takroran ko‘rish tavsiya qilindi. Vaziyatlarni qayta ko‘rilgach, ikkala holatda ham penalti belgilandi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, penaltilar ham to‘g‘ri belgilandi.

O‘yinning 60-daqiqasida «Dinamo» futbolchisi to‘psiz vaziyatda raqibiga nisbatan o‘ta qo‘pol tarzda zarba berdi. Bosh hakam ushbu holatni ko‘rmay qolgan. Ushbu vaziyat ehtimoliy qizil kartochkaga sabab bo‘lgani uchun VAR hakamlari bosh hakamni maxsus ekranga taklif qilishdi. Vaziyat ko‘rib chiqilgach, «Dinamo» futbolchisiga qizil kartochka ko‘rsatildi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, yakuniy qaror to‘g‘ri chiqarildi.

Shuningdek, 67-daqiqada jarima zarbasidan uzatilgan to‘pni «Bunyodkor» futbolchisi darvozaga kiritdi. Ammo to‘p uzatilgan vaqtda «qaldirg‘ochlar»ning 4-raqamli futbolchisi raqibiga nisbatan qo‘pollik ishlatgan. Bosh hakam hujumda fol qayt etdi va kiritilgan golni bekor qildi. Ushbu holatda VAR hakamlari ham bosh hakam qarorini ma’qullashdi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, hakam qarori to‘g‘ri bo‘ldi.

O‘yinning 90+4 daqiqasida «Dinamo» futbolchisi raqibiga nisbatan keskin tarzda qo‘pollik ishlatgani uchun jarima to‘pi belgilandi, futbolchi esa sariq kartochka bilan ogohlantirildi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, ushbu holatda bosh hakamning qarori to‘g‘ri bo‘lgan.

O‘FA tegishli qo‘mitasi hakamga nisbatan muxlislar tomonidan sodir etilgan vaziyat bo‘yicha o‘z xulosasini beradi. Shuni ta’kidlash joizki, o‘yindagi vaziyatlarda hakamlar tomonidan qabul qilingan yakuniy qarorlar to‘g‘ri bo‘ldi.

Izoh: Uchrashuv bosh hakami mazkur o‘yinda 3 marotaba VAR yordamida qaror qabul qilganligi sababli tegishli tartibda ogohlantiriladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 23:00, 31.03.2022.
O'qildi: 4276 marta.
Fikrlar: 71 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.