Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

"Andijon" jamoasining mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi (foto)

"Andijon" jamoasining mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi (foto)

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, mavsum boshidan buyon “Andijon”ning har bir uchrashuvidan keyin muxlislar o‘rtasida o‘yinning eng yaxshi futbolchisi uchun so‘rovnoma o‘tkazib kelyapmiz. Biz ushbu an’anani doimiy ravishda amalga oshirishga ahd qilganmiz.

Shuningdek, ovozlar yig‘indisidan kelib chiqib, eng ko‘p ovoz to‘plagan futbolchiga oyning eng yaxshi o‘yinchisiga atalgan maxsus statuetkani ta’sis etganmiz.

Shunday qilib, o‘tgan oydagi to‘rtta bellashuvda muxlislar ishtirokida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, “Andijon” klubining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.

Bu – darvozabon Eldor Adhamov! U 493 ovozga ega bo‘ldi. Jamoamiz “G‘ijduvon”ga qarshi o‘yini oldidan “Nasaf” o‘rinbosarlariga qarashli maydonda shug‘ullandi. Ushbu mashg‘ulotdan avval “Andijon” klubi vise-prezidenti Jahongir Nuriddinov tomonidan sovg‘a o‘z egasiga topshirildi.

Umumiy so‘rovnomada Adhamovdan keyin ikkinchi o‘rin Farhod Sohibjonovga nasib qildi. U 475 ovoz to‘pladi. Uchinchi o‘rinda 351 ovoz bilan Muhammadkarim Toirov. Shuningdek, kuchli beshtalikdan Ahmadjon Anvarov (184) hamda Shahboz Erkinov (133) ham joy olishgan.

Eldor Adhamov “Mart oyining eng yaxshi futbolchisi” sovrinini qo‘lga kiritganidan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

“To‘g‘risi, bunaqa so‘rovnoma bo‘lishini kutmagandik. Lekin o‘yindan oldin kayfiyat ko‘tarildi. Albatta, muxlislarning shunchalik e’tibor qaratishganidan xursand bo‘ldim. Baribir asosiysi, jamoamizning g‘alabasi. Har qanday shaxsiy sovrindan ko‘ra, “Andijon”ning yutug‘i ustun. Ertagalik uchrashuvdan oldin kayfiyat ko‘tarildi. Xudo xohlasa, yaxshi kayfiyatda g‘alaba bilan qaytamiz, deb umid qilaman. Lekin xursandman, shunaqangi g‘oyalar o‘ylab topayotganinglarga. Bu ham motivasiya beradi”, - deydi eng yaxshi futbolchimiz.

“Andijon” futbolchilarining mart oyida to‘plagan barcha ovozlari!

1. Eldor Adhamov - 493
2. Farhod Sohibjonov - 475
3. Muhammadkarim Toirov - 351
4. Ahmadjon Anvarov - 184
5. Shahboz Erkinov - 133
6. Abdurahmon Komilov - 97
7. Vladimir Bubanya - 88
8. Bogdan Milich - 82
9. Ilhom Abdug‘aniyev - 81
10. Abduvohid G‘ulomov - 59
11. Azamat Isroilov - 38
11. Goran Milochko - 38
13. Ilhom Alijonov - 29
13. Sherzod Esonov - 29
15. Malikshox Rasulov - 26
16. Ahror Inoyatov - 15
17. Ibrohim Muxtorov - 12
17. Ildar Mamatkazin - 12
17. Islom Mamatkazin - 12

Shuni alohida aytib o‘tishni istardikki, ushbu sovrin faqat va faqat siz aziz muxlislarning ishtiroki orqali aniqlanmoqda. Shunday ekan, bundan keyin ham rasmiy kanalimiz orqali har bir uchrashuvdan keyin o‘tkazilayotgan so‘rovnomada doimgidek faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 22:04, 01.04.2022.
O'qildi: 1105 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.