Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/12 01:00 Monako 1-0 Galatasaroy
10/12 01:00 Atalanta 2-1 Chelsi
10/12 01:00 Barselona 2-1 Ayntraxt F
10/12 01:00 Inter 0-1 Liverpul
10/12 01:00 PSV 2-3 Atletiko
10/12 01:00 Tottenhem 3-0 Slaviya
10/12 01:00 Yunion 2-3 Marsel
10/12 15:00 Seul 1-1 Melburn Siti
10/12 15:00 Sanfrechche Xirosima 1-0 Shanghai Shenhua
10/12 22:45 Qorabog‘ 2-4 Ayaks
10/12 22:45 Vilyarreal 2-3 Kopengagen
11/12 01:00 Atletik Bilbao 0-0 PSJ
11/12 01:00 Bayer 2-2 Nyukasl
11/12 01:00 Borussiya D 2-2 Bude-Glimt
11/12 01:00 Bryugge 0-3 Arsenal
11/12 01:00 Yuventus 2-0 Pafos
11/12 01:00 Real Madrid 1-2 Manchester Siti
11/12 01:00 Benfika 2-0 Napoli

La liga. «Real» 3ta penalti evaziga safarda qiyin g‘alabaga erishdi

La liga. «Real» 3ta penalti evaziga safarda qiyin g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

«Real» klubi Ispaniya chempionatining 30-turi doirasida safarda «Selta» mehmoni bo‘lib, qiyin g‘alabaga erishdi.

Hakam o‘yin davomida Anchelotti shogirdlari foydasiga 3ta penalti belgiladi. Har uchala 11 metrli jarima zarbasi Benzema tepdi. Ularning 2tasi golga aylangan bo‘lsa, bitta zarbani mezbonlar posboni qaytardi.

Karim penaltining dastlabkisi 19-daqiqada golga aylantirdi. Bungacha esa mezbonlar golga tortadigan 2ta vaziyatdan foydalana olmagandi. Kurtua 23-daqiqada yana bir fantastik seyv orqali jamoasini goldan qutqardi. Shunga qaramay, Nolito esa uchrashuvning 52-daqiqada chiroyli tashkil etilgan kombinasiyani mantiqiy yakunlab, hisobni tenglashtirgandi.

Keyingi daqiqalarda esa mezbonlar yana 2ta penalti ishlashdi. Dastlab Benzemaning zarbasini darvozabon bartaraf etgan bo‘lsa, 70-daqiqada fransiyalik futbolchi yana bir marta penaltini ijro etishga jazm etdi va bundan samarali foydalandi.

"Selta" so‘nggi daqiqalarda "Real" darvozasi tomon shturm uyushtirdi, madridliklar esa ko‘pchilik bo‘lib himoyalanib, g‘alabani ushlab qolishdi. "Madrid" ushbu g‘alaba tufayli o‘z ochkolarini 69taga yetkazdi.

Ispaniya chempionati, 30-tur
Selta – Real Madrid 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 19, penalti Benzema, 1:1 – 52 Nolito, 1:2 – 69, penalti Benzema.
Noaniq penalti: Benzema (64, darvozabon)
Selta – Dituro, Vaskes, Murilyo, Aydu, Galan, Denis Suares, Mendes (Pineda, 81), Beltran (Tapiya, 72), Nolito (Santi Mina, 72), Aspas, Galyardo (Servi, 60).
Real Madrid – Kurtua, Alaba, Militao (Nacho, 85), Mendi, Modrich (Valverde, 74), Kroos (Sebalyos, 85), Kazemiro, Vaskes (Karvaxal, 61), Benzema, Asensio (Rodrigo, 61), Vinisius Junior.
Ogohlantirishlar: Galan (36), Galyardo (40), Murilyo (57).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:35, 02.04.2022.
O'qildi: 2898 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.