«Barselona» va Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ronaldinyo Xavi Ernandes va yarim himoyachi Pedrining muvaffaqiyati haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.
«Xavi uchun juda xursandman. Umid qilamanki, u xuddi shunday ruhda davom etadi va uning qo‘l ostidagi jamoa yanada yaxshi o‘yin ko‘rsatadi.
Biz u bilan «Barselona»da o‘ynaganimizda, juda yaqin edik va o‘shanda ham u futbolni futbolchi sifatida emas, balki murabbiy sifatida ko‘rgan», - deydi braziliyalik futbolchi.