«Monako» va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Orelyen Tchuameniga Londonning «Chelsi» klubi qiziqish bildirmoqda.
22 yoshli fransuz uchun asosiy da’vogar «Real Madrid» hisoblangan, u Tchuamenini yaqin kelajakdagi asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida baholagan.
Aytishlaricha, futbolchining o‘zi Madrid klubi bilan muzokaralar o‘tkazishdan manfaatdor, ammo baribir kelajagini boshqa klub bilan bog‘lashi mumkin.
AS xabariga ko‘ra, «Chelsi» Tchuameni uchun kurashga qo‘shilmoqda. «PSJ» ham futbolchiga da’vo qiladi, ammo Pol Pogba parijliklar uchun ustuvor variant bo‘lib qolmoqda.