Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi AQSHga yo‘l olmoqda

O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi AQSHga yo‘l olmoqda

Baho:
+ | -

O‘FA tomonidan so‘nggi paytlarda ayollar futbolini rivojlantirish, mavjud sharoit va kamchiliklarni o‘rganib borish hamda ularni bartaraf etish, tizimni isloh qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayollar futboli qo‘mitasi tashkil etilib, iste’dodli futbolchilar tarbiyalash, malakali murabbiy, shifokor va psixolog mutaxassislarni jalb etish, ularni barcha turdagi lisenziyaga bepul o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Osiyoda bu yo‘nalishda yetakchi mamlakat bo‘lmish Yaponiyadan mutaxassislar jalb etildi. Terma jamoalarga xorijiy yig‘inlar va kuchli raqiblar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Xabaringiz bor, 9-12 aprel kunlari O‘zbekiston ayollar terma jamoasi AQSHda ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov safar oldidan jamoa bilan uchrashdi.

“Birinchi navbatda, Amerika safari oldidan Assosiasiyamiz prezidenti Abdusalom Azizov nomidan barchangizga omad va oq yo‘l tilaymiz! Yaxshi ma’lumki, AQSH terma jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi va tarixda eng ko‘p — 4 marta ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan. Bu o‘rtoqlik o‘yinlari bizning jamoa uchun katta tajriba vazifasini o‘taydi. Chunki oldinda jiddiy musobaqalar bor va biz oldimizga yuqori maqsadlar qo‘yganmiz. Shu sababli terma jamoa boshqaruviga Midori Honda kabi malakali mutaxassis taklif etildi. Kuchli jamoalar bilan uchrashuvlar esa jamoamiz saviyasi oshishiga xizmat qiladi”, — dedi Ravshan Ermatov.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 09:14, 06.04.2022.
O'qildi: 1450 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик