Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

«Mash’al» ukrainalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

«Mash’al» ukrainalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Muborakning “Mash’al” klubi ukrainalik Mikola Agapovni o‘z safiga qo‘shib oldi. Notinch vaziyat sabab milliy chempionat uchrashuvlari to‘xtab qolganidan kelib chiqib, FIFA ukrainalik futbolchilarni transfer oynasidan tashqari ham ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat bergandi.

Hujumchi Mikola Agapov 1993 yilning 13 noyabr kuni Xarkov shahrida dunyoga kelgan. Uning so‘nggi jamoasi “FK Alyans” Ukraina Birinchi ligasi vakili hisoblanar edi. Endilikda futbolchi “Mash’al”ning Superliga yo‘lidagi raqobatiga yordam berishga harakat qiladi.

Futbolchi 31 mart kuni O‘zbekistonga yetib kelgan. Ayni vaqtda Muborak shahrida bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Mikola Agapovga yurtimizdagi faoliyatida omad, uning vataniga esa tinchlik va osoyishtalik tilaydi.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 20:01, 06.04.2022.
O'qildi: 1688 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик