Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Mourinyo — «Budyo-Glimt»ga qarshi o‘yin haqida: «6:1 hisobi? Tarix takrorlanishi dargumon»

Mourinyo — «Budyo-Glimt»ga qarshi o‘yin haqida: «6:1 hisobi? Tarix takrorlanishi dargumon»

Baho:
+ | -

«Roma» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Konferensiya ligasi 1/4 finalida «Budyo-Glimt»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan birinchi o‘yin haqida gapirdi. O‘yin Norvegiyada bo‘lib o‘tadi.

«Bu yerga qaytib kelganimdan xursandman, umid qilamanki, bu safar hammasi kuzga qaraganda ancha yaxshi bo‘ladi. Men sun’iy qoplamali o‘yinlarni hech qachon yoqtirmasdim, tabiiy chimda o‘ynash - butunlay boshqa sport turi. Biroq, uzr yo‘q, pley-offda ikkita o‘yin bor va biz yarim finalga chiqmoqchimiz.

Biz «Budyo-Glimt»ni hurmat qilamiz, bu jamoa guruh bosqichida o‘z kuchimizni maydonimizda isbotladi, lekin o‘tgan yilning oktyabriga nisbatan «Roma» o‘zgardi, ba’zi futbolchilar tarkibda yo‘q. Biz allaqachon boshqacha ko‘rinishga egamiz, shuning uchun tarix yana takrorlanishi dargumon. Ha, «Budyo-Glimt»ning ham tarkibida o‘zgarishlar bor, lekin umuman olganda, jamoa asosi o‘sha-o‘sha. Biz tarkib jihatdan kuchliroq bo‘ldik va bu bizga yordam beradi deb umid qilaman», - deya Mourinyoning so‘zlarini keltiradi Football Italia.

«Budyo-Glimt» – «Roma» uchrashuvi bugun, 7 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi.

«Roma» va «Budyo-Glimt» Konferensiya ligasida bir guruhda o‘ynashgan. Norvegiyada bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuvda maydon egalari 6:1 hisobida yirik g‘alabaga erishgan bo‘lsa, Italiyadagi ikkinchi uchrashuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlangan.

Kiritildi: 13:33, 07.04.2022.
O'qildi: 1816 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.