Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Yevropa Ligasi. «Atalanta» va «Leypsig» birinchi marotaba to‘qnash kelishadi

Yevropa Ligasi. «Atalanta» va «Leypsig» birinchi marotaba to‘qnash kelishadi

Baho:
+ | -

Bugun Yevropa Ligasi chorak finalining ilk bahslari o‘tkaziladi.

«Leypsig» va «Atalanta» jamoalari uchrashuvidan oldin qiziqarli faktlar bilan bo‘lishamiz.

Tomonlar shu paytga qadar yevrokuboklarda biror marta ham to‘qnash kelishmagan.

«Leypsig» Yevropa Ligasi doirasida Italiyaning boshqa bir klubi bilan kurash olib borgan. Guruhdan keyingi pley-off bosqichida nemis jamoasi «Napoli» bilan to‘qnash kelgan. 2018 yilning 15 fevral kuni neapolliklar maydonida o‘tgan bahsda "qizil buqalar" 3:1 hisobida g‘alabani tantana qilgan. Ammo, 1 haftadan so‘ng Germaniyada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 0:2 hisobida imkoniyat boy berilgan. Umumiy hisobda 3:3 natijasi qayd etilgan va mehmondagi gollar evaziga «Leypsig» keyingi bosqichga yo‘l olgandi.

«Atalanta» esa shu paytga qadar Germaniyaning 3 jamoasi bilan to‘qnash kelgan. Dastlab, 1990 yilning noyabr-dekabr oylarida bergamoliklar «Kyoln» bilan bahs olib borishgan. Mehmonda 1:1, o‘z maydonida esa 1:0 hisobi qayd etilgan va Italiya jamoasi umumiy hisobda ustunlikka erishgan. Mazkur bahslar UYEFA kubogi doirasida o‘tkazilgan.

Oradan 28 yil o‘tib, 2018 yilning fevral oyida esa «Atalanta» Yevropa Ligasi pley-off bosqichida Dortmundning «Borussiya» klubi bilan ikkita o‘yin o‘tkazgan va umumiy hisobda 3:4 natijasi bilan (1:1, 2:3) imkoniyatni boy berib qo‘ygan hamda musobaqadagi ishtirokini to‘xtatishga majbur bo‘lgandi.

Joriy mavsum nimchorak finalida Gasperini shogirdlari Leverkuzennig «Bayer» klubi bilan kurash olib borishdi va mehmonda 1:0, o‘z maydonida 3:2 hisoblarida g‘alaba qozongan holda chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishganidan xabaringiz bor.

Shu kunga qadar Yevropa Ligasi doirasida «Leypsig» Italiya jamoalariga qarshi 2 marta o‘ynagan va 1tadan g‘alaba hamda mag‘lubiyat qayd etgan. To‘plar nisbati - 3:3. «Atalanta» esa 6 marta nemis klublari bilan duch kelib, 3 g‘alaba, 2 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etgan. To‘plar nisbati - 9:7.

Joriy mavsumda ikkala jamoa ham Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 3-o‘rinni band etgan holda Yevropa Ligasiga ravona bo‘lishdi.

«Leypsig» YECHLdagi ilk 3 guruh bosqichini boy berganidan keyin, oxirgi 2 turda 6 ochko jamg‘arishga erishdi va bu ularga «Bryugge»dan yuqori o‘rinni egallagan holda Yevropa Ligasida ishtiroklarini davom ettirishlari uchun yetarli bo‘ldi. "Manchester Siti" va «PSJ» kabi klublar bilan bir guruhda harakat qilgan nemislarga Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga yo‘l olish juda mushkul ish edi va bu amalda ham o‘z isbotini topdi. Yevropa Ligasi pley-off bosqichida esa "Real Sosyedad" (2:2, 3:1) hamda «Spartak» (texnik g‘alaba) jamoalaridan o‘tib, chorak finalga qadar yo‘l bosib o‘tildi.

«Atalanta» esa «Vilyarreal»dan 4, "Manchester Yunayted"dan 5 ochko ortda qolgan holda guruhda uchinchi o‘rinni egalladi. Bergamoliklar hal qiluvchi bahsda Ispaniya jamoasiga 2:3 hisobida yutqazib qo‘yishdi. Gasperini jamoasi Yevropa Ligasi pley-off bosqichida esa «Olimpiakos» (2:1, 3:0), keyinchalik Leverkuzenning «Bayer» klubini (3:2, 1:0) mag‘lub etgan holda shu bosqichga yetib keldi.

Bugungi bahs Toshkent vaqti bilan 21:45da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 14:36, 07.04.2022.
O'qildi: 1559 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.