Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

“La Masiya”ning 18 yoshli iqtidori. U Busketsning o‘rnini egallashga tayyormi?

“La Masiya”ning 18 yoshli iqtidori. U Busketsning o‘rnini egallashga tayyormi?

Baho:
+ | -

 

"Barselona" hech qachon asosiy tarkibda ham, “La Masiya”da ham sifatli yarim himoyachilardan mahrum bo‘lmagan. La Liga gigantlari har doim o‘zlarining iste’dodlari va mahoratlari tufayli o‘yinlarni boshqarish va qaror qabul qilishga qodir bo‘lgan yuqori texnik, kichik va ko‘p qirrali o‘yinchilarga ega bo‘lishgan.

Serxio Buskets hozir tarkibda o‘zining o‘rinbosari yo‘qligini biladi. Garchi biz Niko Gonsales bunga da’vo qilishga urinayotganini ko‘rgan bo‘lsak ham, Niko esa hali to‘liq Buskets bo‘lib ulgurmagan. Uning ustiga Gonsales oldinroqda o‘ynashni xush ko‘radi.

Ammo "Yuvenil A" sardori Mark Kasado Torres aynan shu rolga moslashtirilgan o‘yinchiga o‘xshaydi. Ushbu taktik tahlil yordamida uning o‘yinchi profilini o‘rganib chiqib, u "Barselona"ning taktikasiga qanchalik mos kelishini bilib olishingiz mumkin.

O‘yinchi haqida umumiy ma’lumot

Mark Kasado - 18 yoshli himoyachi yarim himoyachi, hozirda "Barselona"ning U19 va “Yuvenil A” jamoasida o‘ynamoqda. Uning asosiy quroli o‘ng oyog‘i bo‘lib, asosan maydonda chuqurroq joydashadi: Kasado Buskets singari markaziy himoya va hujum yaratilish pozitsiyasidagi bog‘lovchi hisoblanadi.

O‘z roli nuqtai nazaridan, Kasado to‘pning aniq nazorati va egalik qilishda ajoyib qarorlar qabul qilish orqali pressingdan osongina chiqib keta oladi. U to‘pni jamoada saqlab qolishda usta, lekin asosan mayda pas bilan ishlaydi.

 Kasadoning harakati uning arsenalidagi ajoyib quroldir, chunki u maydon bo‘ylab qayerda va qachon harakat qilishni juda yaxshi biladi. U nafaqat yangi paslar uchun yo‘laklar ochadi, balki boshqa jamoadoshlarini ham boshqaradi.

Harakat va nazorat

Harakat va nazorat Kasado o‘yinchi profilida qanday katta rol o‘ynashini allaqachon aytib o‘tgan edik. Umuman olganda, yosh yarim himoyachi o‘yinning birinchi qismida markaziy himoyachilar o‘rtasida yoki ulardan biroz oldinda joylashadi. O‘yin raqib maydoni atrofida bo‘lganda Kasado 14-xududga egalik qiladi va bosh pozisiyadagi jamoadoshlariga qulay paslar beradi.

Uning aqlli harakati va ajoyib boshqaruvini birlashtirganingizda, siz "Barselona"ning katta jamoasiga ham kerak bo‘ladigan taktikaga mos keladigan juda qobiliyatli futbolchi ekanligini tushinasiz. Uning harakatlari Busketsni to‘laqrnli eslatib yuboradi. Himoyadan hujumga chiqishda Kasadoning aqlli uzatmalari unga mashhurlik olib kelishi tayin.

Uzatish qobiliyati

“La masiya” bitiruvchilari, ayniqsa, yarim himoyachilar haqida ularning to‘p uzatish imkoniyatlarini tilga olmasdanm bo‘lmaydi. Bu klubning tizimi va falsafasiga qattiq singib ketgan. Kasado texnik jihatdan juda malakali va to‘pni himoya qilishda ishonchli, lekin u hali tavakkal qilishni istamaydi. Ya’ni hujumga uzatma berishdan oldin vaziyatga baxo berish haqida o‘ylaydi va hech narsa chiqmasligi mumkin bo‘lgan xolda to‘pni oldinga uzatmaydi. Aniqrog‘i qarshi hujumga chiqish jarayonida to‘p Markga kelsa keskinlik yo‘qoladi.

Umuman olganda, Unga topshirilgan rolni hisobga oladigan bo‘lsak, bu katta kamchilik emas, u asosan egalik qilish va tempni belgilash atrofidagi vazifani bajaradi, lekin bu, albatta, u yaxshilashga intilishi kerak bo‘lgan narsadir.

Raqib oldingi chiziqda bosim qilganida har qanday jamoa qiynalishi aniq. Shunday xolatda ham Kasadodagi aniqlik 90%dan yuqori bo‘ladi.

Kamchiliklari

Ushbu taktik tahlilning yakuniy qismida biz Kasadoning ba’zi zaif tomonlariga to‘xtalib o‘tamiz.

Umuman olganda, keskin paslardan tashqari, uning pozision o‘yinidagi yana bir kamchilik to‘p bilan yugurishni istamasligi. Kasadoning texnik sifati va progressiv yugurish tezligi yaxshi ammo Mark bu qobiliyatidan deyarli foydalanmaydi. "Barselona" aniq ustunlikka ega bo‘lgan taqdirda ham, u to‘pni oyoqlari ostida ushlab turgandan ko‘ra, to‘pni uzatishni afzal ko‘radi.

 Bu xususiyat yoki "kamchilik" uning tavakkalni yoqtirmaydigan o‘yinchi ekanligi bilan chambarchas bog‘liq. Bunday vaziyatlarda to‘p bilan yugurish eng yaqin jamoadoshingizga uzatma berishdan ko‘ra xavfliroqdir.

Yana bir kamchiligi uning himoyadagi harakatlari bilan bog‘liq. Umuman olganda, u o‘yinni juda yaxshi o‘qiydi va ko‘pincha raqib hujumlarini to‘xtatish uchun to‘g‘ri joylashadi. Bu unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri duyellarda birinchi bo‘lib to‘pga chiqishga yordam beradi. Ya’ni Kasado uzatmani to‘sib jamoasi hujumini boshlab bera oladi. Ammo yelkama-elka kurashlar va raqibning oyog‘idagi to‘plarni olib qo‘yish Mark uchun katta muammo.

Asosiy katta kamchilik bu Markning pressinglardagi passivligi. Kasado pressinglarda ko‘p yugkrmaydi va raqiblariga bosh zonalar yutqazib qo‘yadi. Bunday kamchiliklar “Barselona”ning ko‘p futbolchilarida uchraydi.

Xulosa

Mark Kasado - "Barselona"ning katta istiqboli, u haqiqatan ham ajoyib o‘yinchi bo‘lib yetishishi mumkin. U nafaqat baland bo‘yga ega, balki Kataloniya jamoasining taktikasiga ham mos tushadi. Albatta, unda hali yaxshilashi kerak bo‘lgan narsalar bor, lekin hozirda uning o‘yinchi profilida katta kamchiliklar deyarli yo‘q, uning kelajak porloq ko‘rinmoqda.

Agar u to‘g‘ri tarbiyalansa va murabbiy ishonch bildirsa, tez orada "Barselona" uchun munosib variant bo‘lishi mumkin.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:17, 11.04.2022.
O'qildi: 2975 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.