Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/06 03:00 Panama 2-1 AQSh
28/06 06:00 Urugvay 5-0 Boliviya
28/06 20:00 So‘g‘diyona 4-2 Dinamo
28/06 20:00 Qizilqum 1-0 OKMK
29/06 03:00 Kolumbiya 3-0 Kosta-Rika
29/06 06:00 Paragvay 1-4 Braziliya
29/06 21:00 Shveysariya - Italiya
30/06 00:00 Germaniya - Daniya
30/06 05:00 Kanada - Chili
30/06 05:00 Argentina - Peru
30/06 21:00 Angliya - Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya - Gruziya

Mbappe va Myuller mavsumning eng yaxshi assistentlari, Dembeleda dahshatli o‘sish yoxud joriy mavsumda eng ko‘p golli uzatma amalga oshirgan futbolchilar

Mbappe va Myuller mavsumning eng yaxshi assistentlari, Dembeleda dahshatli o‘sish yoxud joriy mavsumda eng ko‘p golli uzatma amalga oshirgan futbolchilar

Baho:
+ | -

Joriy mavsum Yevropa chempionatlarida eng ko‘p assistentlik qilgan futbolchilar haqida ma’lumot berishga qaror qildik.

- Vinisius Junior «Chelsi» va «Xetafe»ga qarshi o‘yinlarda golli uzatmani amalga oshirdi va bu mavsumda o‘zining umumiy golli uzatmalari sonini 16 taga yetkazdi, bu esa braziliyalikga «ko‘hna qit’a»ning top chempionatlari orasida eng ko‘p golli uzatmaga amalga oshirgan futbolchilar kuchli beshligiga kirishga imkon berdi.

- Lionel Messi mavsum boshidan buyon ikkinchi marta «PSJ» safida Liga 1 o‘yinida golli uzatmalar bo‘yicha«xet-trik» qayd etdi va tarixga kirdi. Fransiya chempionatida hech bir futbolchi bir mavsumda ikki marta assistentlik borasida«xet-trik» qayd etmagan.

- «Levante»ga qarshi o‘yinda Pyer-Emerik Obameyangning goliga uzatma amalga oshirgan Usmon Dembele, 2022 yilda eng ko‘p golli uzatma amalga oshirganfutbolchiga aylanib oldi.

 

Yetakchi Yevropa chempionatlarining eng yaxshi 20 nafar assistentlar

Yevropa miqyosida golli uzatmalar amalga oshirgan futbolchilarga nazar tashlashning yaxshi vaqti. 2021/22 yilgi mavsumda nafaqat milliy chempionatlarda, balki UYEFA turnirlari, kubok musobaqalari va terma jamoalar safidagi o‘yinlarda ham samarali harakatlarni hisobga olamiz.

20-o‘rin. Muhammad Saloh («Liverpul», Misr terma jamoasi) – 11 golli uzatma (28 gol)

Saloh «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda Manega golli uzatmani amalga oshirdi, ammo bu Muhammadning «Liverpul» safidagi so‘nggi 19 o‘yinida amalga oshirgan ikkinchi assisti hisoblanadi.

19-o‘rin. Lovro Mayyer («Renn»; Xorvatiya terma jamoasi) - 12 golli uzatma (5 gol)

Hujumkor yarim himoyachi faoliyatini Zagrebning «Dinamo» jamoasida boshlagan. U o‘tgan yozdan beri «Renn» safida to‘p surib kelmoqda. Lovro Liga 1da ham ajoyib o‘yin namoyish etmoqa. Dekabr oyida «Sent-Etyen»ga qarshi kechgan o‘yinda (5:0) Mayer uchta golli uzatma muallifiga aylanganini ham qo‘shimcha qilish kerak.

18-o‘rin. Filip Kostich («Ayntraxt»; Serbiya terma jamoasi) – 12 golli uzatma (5 gol)

«Ayntraxt»da to‘liq bo‘lmagan to‘rt mavsumda Kostich 60 ta gol urdi. Shuningdek, joriy mavsumda 12 ta golli assist muallifiga ham aylangan.

17-o‘rin. Dimitri Payyet («Marsel») – 12 golli uzatma (13 gol)

35 yoshli Payet endi Fransiya terma jamoasidan chaqiruv olmasa-da, «Marsel» muxlislarini xursand qilishda davom etmoqda. Dmitri boshchiligidagi «olimpiyachilar» o‘zining o‘yinlari va samaradorligi tufayli ayni paytda Liga 1da turnir jadvalida 2-o‘rindan joy olgan.

16-o‘rin. Jud Bellingem («Borussiya Dortmund», Angliya) – 13 golli uzatma (6 gol)

Jud endigina 18 yoshda va u professional futboldagi uchinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Super iqtidorli yarim himoyachini Yevropaning eng yaxshi klublari sotib olmoqchi ekanligi ajablanarli emas.

15-o‘rin. MYEyson Maunt («Chelsi», Angliya) – 13 golli uzatma (10 gol)

Mount joriy mavsumda besh xil musobaqada golli uzatmani amalga oshirdi, Premyer-liga, Chempionlar ligasi, Angliya kubogi, Angliya liga kubogi va jahon chempionati saralash bosqichida sheriklariga assistentlik qildi.

14-o‘rin. Karim Benzema («Real Madrid»; Fransiya terma jamoasi) - 13 golli uzatma (37 gol)

Karim mavsum boshidan beri 50 ta golda ishtirok etgan. Benzema ko‘proq golli vaziyatlarni yakunlovchi rolida paydo bo‘ladi, lekin fransuz futbolchisi ba’zida sheriklariga ham uzatma amalga oshiradi. Hech shubha yo‘qki, Karim mavsum yakunida topshiriladigan «Oltin to‘p»ga asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi.

13-o‘rin. Matteo Genduzi («Marsel», Fransiya) - 14 golli uzatma (4 gol)

«Arsenal»da porlamagan va shu sabab yozda Liga 1 musobaqasiga o‘tgan Matteo tom ma’noda ajoyib o‘yin namoyish etmoqda. Ayniqsa, Genduzining Fransiya kubogi doirasidagi «Kann»ga qarshi o‘yinda 3 ta golli uzatma muallifiga aylanganini e’tirof etish zarur.

12-o‘rin. Lionel Messi («Pari Sen-Jermen», Argentina terma jamoasi) - 14 golli uzatma (8 gol)

Messi Liga 1’ning beshta o‘yinida golli uzamma amalga oshirgan. Ler o‘zining 14 ta golli pasidan 8 tasini autsayder jamoalarga qarshi uchta o‘yinda amalga oshirdi: «Sent-Etyen»ga qarshi ikki o‘yinda 5 ta (18-o‘rin) va «Klermon»ga qarshi bahsda uchta (17-o‘rin).

11-o‘rin. Benjamen Burigo («Renn») - 14 golli uzatma (9 gol)

Burigo Fransiya terma jamoasida o‘ynamaydi, ammo uning statistikasi «uch ranglilar» safida o‘ynayotgan ba’zi futbolchilarnikidan yaxshiroq.  Benjamin Liga 1ning so‘nggi oltita o‘yinida dahshatli natija qayd etdi – 5+6.

10-o‘rin. Bruno Fernandesh («Manchester Yunayted», Portugaliya terma jamoasi) – 14 golli uzatma (9 gol)

Fernandesh haqida ortiqcha ta’rif shart emas. Uning qanday o‘yinchi ekanligini hamma biladi. Aytgancha, u 14ta uzatmasining barchasi «MYU» tarkibida amalga oshirgan.

9-o‘rin. Florian Virs («Bayyer», Germaniya) – 14 golli uzatma (10 gol)

Afsuski, bu «Bayer» vunderkindi uchun yakuniy raqamlar. Virs xochsimon bog‘lamlaridan jiddiy jarohat oldi va mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.

8-o‘rin. Marko Roys («Borussiya Dortmund», Germaniya terma jamoasi) – 14 golli uzatma (13 gol)

Fevral oyida «Borussiya Gladbax»ga qarshi o‘yinda (6:0) Roys ikkita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi, ammo shundan so‘ng u bir oy kasalxonada yotdi. Jarohatlar Markoning faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

7-o‘rin. Domeniko Berardi («Sassuolo», Italiya) – 14 golli uzatma (14 gol)

Domeniko «Sassuolo»da qiladigan ishi qolmaganligi va o‘zini top-klubda sinab ko‘rishi kerakligi haqidagi dalillar.

6-o‘rin. Leroy Sane («Bavariya», Germaniya terma jamoasi) – 15 golli uzatma (14 gol)

Sane har doim ham Bundesligada zo‘r o‘yin ko‘rsatmaydi, lekin Chempionlar Ligasida Leroyda 6+6 bor. U gol+pas tizimiga ko‘ra musobaqaningeng yaxshi 5 nafar o‘yinchi qatoriga kiradi.

5-o‘rin. Vinisius Junior («Real Madrid», Braziliya) - 16 golli uzatma (17 gol)

Vini uchun ajoyib mavsum. U «Real Madrid» safida 30+ golda bevosita ishtirok etdi va Braziliya terma jamoasi uchun o‘zining debyut golini kiritdi. Shuningdek, Vinisiusning YECHL doirasidagi «PSJ» va «Chelsi»ga qarshi bahslardagi golli uzatmalarini alohida e’tirof etish kerak.

4-o‘rin. Trent Aleksander-Arnold («Liverpul»; Angliya) – 18 golli uzatma (2 gol)

Arnold uchun o‘tgan mavsum omadsiz o‘tgandi. Ammo «Liverpul» himoyachisi o‘z o‘yinini tikladi va joriy mavsum ajoyib o‘yinlar o‘tkazmoqda.

3-o‘rin. Kristofer Nkunku («RB Leypsig», Fransiya) – 18 golli uzatma (28 gol)

Nkunku — «PSJ» tarbiyalanuvchisi. U «Leypsig»da ajoyib mavsum o‘tkazmoqda va Domeniko Tedeskoning kelishi bilan Nkunku shunchaki to‘xtatib bo‘lmaydi. 2021/22 yilgi mavsumning eng yorqin o‘yinchilaridan biri. Shubhasiz, yangi mavsumda Kristoferni top-klubda ko‘rishimiz mumkin.

2-o‘rin. Tomas Myuller («Bavariya», Germaniya terma jamoasi) – 22 golli uzatma (12 gol)

Bundesliganing birinchi davrasi oxirida Tomas 15 ta golli uzatmaga ega edi, 2022 yilda esa uning natijalarida pasayish kuzatildi. Ammo Myuller aprel va may oylarida kuchli o‘yin ko‘rsatsa, mavsum oxirida umumiy reytingda 1-o‘rinni egallashi mumkin.

1 o‘rin. Kilian Mbappe («Pari Sen-Jermen», Fransiya) - 22 golli uzatma (31 gol)

Parijdan ketishi haqidagi mish-mishlarga qaramay, Mbappening ajoyib mavsumni o‘tkazmoqda. U 50 dan ortiq golda bevosita ishtirok etgan. Chempionlar Ligasidagi sakkizta o‘yinining har birida gol urgan yoki assistentlik qilgan va Liga 1ning so‘nggi ikki turidagi natijalari esa shunchaka ajoyib – 10 ochko: «Loryan»ga qarshi 2+3 (5:1) va «Klermon»ga qarshi 3+ 2 (6:1).

Kiritildi: 13:23, 12.04.2022.
O'qildi: 2113 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.