Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Klopp APL va BT Sport telekanalidan g‘azabda

Klopp APL va BT Sport telekanalidan g‘azabda

Baho:
+ | -

Yurgen Klopp «Liverpul» joriy mavsumda to‘rtta sovrinni qo‘lga kirita oladimi yoki yo‘qmi, degan savolga javob qaytardi.

«To‘rtta sovrin uchun kurashishning iloji yo‘q. Yaxshiyamki, biz bu mavsumda turnirlarni erta tark etmaslik borasida ancha muvaffaqiyatlimiz, lekin keling, taqvimimizga qaraylik.

Meni xavotirga solayotgan yagona o‘yin ertaga «Benfika»ga qarshi bo‘ladi. Shanba kuni biz «Manchester Siti» bilan (Angliya kubogi yarim finalida), keyin «Manchester Yunayted» va "Everton" (Premyer-ligada) bilan o‘ynaymiz. Agar ertaga muvaffaqiyatli o‘ynasak, Chempionlar ligasi yarim finalini kutishga to‘g‘ri keladi. BT Sport esa APL bilan o‘zaro kelishgan holda «Nyukasl» bilan mehmonda bo‘ladigan o‘yinni 12:30ga (Toshkent vaqti bilan 16:30 - muallif) belgilab qo‘ydi.

Hozirda «Liverpul» yaxshi o‘yin namoyish etmoqda, hamma bizning o‘yinlarimizni ko‘rishni istaydi va televideniyedagilar bizning jadvalimizga umuman ahamiyat bermaydilar. Bu normal holat emas.

Aytaylik, ertaga g‘alaba qozonib, turnirning keyingi bosqichiga yo‘l oldik. Menga dunyoning istalgan boshqa ligasini ko‘rsating, u yerda teleradiokompaniyalar yarim finalda o‘ynaydigan jamoaning o‘yinlarini (Angliyada esa 2-3 marta bo‘lishi mumkin) soat 12:30ga belgilaydimi. Bu nima degani? Nima qilyapsizlar o‘zi? Nima uchun?

Shuning uchun har bir turnirda g‘alaba qozonish juda qiyin. Chunki bunday narsalar hech kimni qiziqtirmaydi" - deb g‘azablandi «Liverpul» bosh murabbiyi.

Kiritildi: 22:30, 12.04.2022.
O'qildi: 2167 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик