Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Kapello: «Ispan jamoalariga qarshi o‘ynash juda qiyin, sababi...»

Kapello: «Ispan jamoalariga qarshi o‘ynash juda qiyin, sababi...»

Baho:
+ | -

Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello «Bavariya»ning Chempionlar ligasini tark etishi haqida gapirdi.

«Ayni damda barcha ispan jamoalari bilan o‘ynash juda qiyin: ularda sifat va yuqori taktika mavjud», - dedi Kapello.

Kecha, 12 aprel kuni «Bavariya» o‘z maydonida «Vilyarreal» bilan durang o‘ynadi va Chempionlar ligasidagi ishtirokini to‘xtatdi.

Uchrashuvning 52-daqiqasida Robert Levandovski hisobni ochdi. 88-daqiqada «Vilyarreal» qarshi hujumga o‘tdi va Samuel Chukvuyeze hisobni tenglashtirdi. Dastlabki o‘yinda «Vilyarreal» 1:0 hisobida g‘alaba qozonganligi sababli durang natija «sariq suvosti kemasi»ni turnirning yarim finaliga olib chiqdi.

Kiritildi: 22:18, 13.04.2022.
O'qildi: 1540 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик