Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Tottenxem» «Yuventus» futbolchisini sotib olmoqchi

«Tottenxem» «Yuventus» futbolchisini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» klubi «Yuventus» yarim himoyachisi Ueston Makkenni sotib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.

AQSH terma jamoasi futbolchisi 2020 yilda «Shalke»dan ijara asosida «Yuventus»ga o‘tgan va bir yildan so‘ng Turin klubi uni 20,5 million yevroga to‘liq sotib olgandi. Andrea Pirlo boshchiligidagi debyut mavsumida Makkenni «Yuventus»ning asosiy futbolchisiga aylandi.

Futbolchi «Yuventus»ning amaldagi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri davrida ham o‘z maqomini saqlab qoldi. U ushbu murabbiy qo‘l ostida 28 o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol muallifiga aylandi, biroq fevral oyida qo‘l suyagi jarohati sabab mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmasligi aniq bo‘ldi.

Qayd etilishicha, «Tottenxem» bosh murabbiyi Antonio Konte futbolchining o‘yinidan hayratda qolgan va uni o‘z jamoasiga taklif qilmoqchi. Makkennining «Yuventus» bilan shartnomasi 3 yildan keyin tugaydi.

Kiritildi: 13:12, 14.04.2022.
O'qildi: 1121 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик